add

Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasi qurib bitkazildi

Toshkent shahrida qurilishiga 2022 yil noyabrda tamal toshi qo‘yilgan Olimpiya shaharchasi qurib bitkazilib, 18 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida namoyish etildi.

Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasi qurib bitkazildi

100 gektardan ortiq maydonda barpo etilgan va 290 mln dollar sarflangan ushbu majmua Xitoyning «CAMC Engineering» kompaniyasi tomonidan xalqaro standartlarga muvofiq qurildi. Shaharchada 5 ta asosiy sport inshooti, jumladan velodrom, stadion, suv sporti saroyi va jamoaviy hamda yakkakurash sportlari majmualari joylashgan.

Photo 2025 08 18 17.01.35

Velodrom maxsus yog‘och qoplama va havo sharoiti bilan jihozlanib, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi talablariga javob beradi. Unda velosportdan tashqari stol tennisi va qilichbozlik bo‘yicha ham musobaqalar o‘tkazish mumkin. 12 ming o‘rinli stadion esa yengil atletikaning 48 ta yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro turnirlarga mos ravishda qurilgan.

Photo 2025 08 18 17.01.39

Shaharchadagi suv sporti saroyi xalqaro federatsiya tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilib, jahon chempionatlari va Olimpiya dasturi musobaqalariga to‘liq mosligi tasdiqlandi. Jamoaviy va yakkakurash sportlari majmualari esa voleybol, basketbol, gandbol, dzyudo, boks va taekvondo kabi turlar uchun zamonaviy maydonlarga ega.

Photo 2025 08 18 17.01.45

Prezident Mirziyoyev sportchilar bilan suhbatda ularning xalqaro maydondagi yutuqlarini e’tirof etib, yoshlarni ortlaridan ergashtirish va sportni ommalashtirish zarurligini ta’kidladi. Olimpiya shaharchasida 15 ta ochiq sport maydoni, paralimpiyachilar uchun 400 o‘rinli yotoqxona va sport tibbiyoti markazi ham barpo etilmoqda.

Photo 2025 08 18 17.01.48

Shuningdek, shaharcha barcha jihozlari energiya tejamkor texnologiyalar asosida qurilgan. Avtoturargohlar quyosh panellari bilan ta’minlanib, barqaror infratuzilmaga e’tibor qaratilgan.

Teglar

Mavzuga oid