add

Toshkent viloyatida elektr poyezdlar tarmog‘i yo‘lga qo‘yiladi

12.09.2025 | 10:0514604

Bu orqali Toshkent viloyati tumanlarida uy-joylar, infratuzilma va xizmatlarga talab oshishi, aholi esa poytaxtga qulay qatnov imkoniga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent viloyatida elektr poyezdlar tarmog‘i yo‘lga qo‘yiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 11 sentyabr kuni o‘tgan yig‘ilishda viloyat iqtisodiy salohiyati, yangi investitsiya loyihalari va infratuzilmani rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Unga ko‘ra, barcha tumanlar poytaxt bilan tezkor elektr poyezdlar orqali bog‘lanishi belgilandi. Bu orqali uy-joy qurilishi, xizmatlar va infratuzilmaga talab ortmoqchi, aholi esa Toshkentga qulay qatnov imkoniyatiga ega bo‘ladi. So‘nggi sakkiz yilda viloyatga 18 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritilib, minglab sanoat va servis korxonalari ishga tushirildi. Faqatgina oxirgi uch yilda aylanmasi 10 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan korxonalar soni qariyb ikki barobarga oshgan. Joriy yilning birinchi sakkiz oyida viloyat eksporti bir milliard dollardan oshib, tarixiy ko‘rsatkich qayd etildi. Hozirda xitoylik investorlar ishtirokida 2,1 milliard dollarlik sanoat parklari tashkil etilmoqda. Prezident qaroriga ko‘ra, 2025–2027 yillardagi rivojlanish dasturlari doirasida 40 trln so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilgan. Bu orqali ishsizlik va kambag‘allik darajasini yil yakuniga qadar 4,5 foizga tushirish ko‘zda tutilgan. Yig‘ilishda Nurafshon, Olmaliq va Chirchiqda nimstansiyalar qurish, Bekobodda avtomobil ehtiyot qismlari, Oqqo‘rg‘onda oziq-ovqat va to‘qimachilik korxonalari tashkil etish rejalari taqdim qilindi. Shuningdek, Qorasuv kanali bo‘yida turizm va savdo maskanlari qurish imkoniyatlari muhokama etildi. Qishloq xo‘jaligida ham imkoniyatlar katta. 263 ta mahallada bog‘dorchilik va turli ekin turlarini yo‘lga qo‘yish, «Agrostar» kompaniyasi orqali urug‘ va ko‘chat bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Prezident mahallalarda ishsizlikni bartaraf etish, aholini daromad manbalari bilan ta’minlash muhimligini qayd etdi.

Teglar

Mavzuga oid