Toshkent viloyatida qo‘ng‘ir ayiq o‘lik holda topildi
29.09.2025 | 22:5344163
U taxminan 70-80 metr balandlikdagi qoya toshdan yiqilib tushgan.

Toshkent viloyati bo‘stonliq tumanida Tyan Shan qo‘ng‘ir ayig‘i 70-80 metr balandlikdagi qoya toshdan yiqilib, halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda «Bo‘stonliqda vaxshiy ayiqni vaxshiylarcha o‘ldirishdi» mazmunidagi xabar bo‘yicha Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Bo‘stonliq tumani bo‘limi va Burchmullo davlat o‘rmon xo‘jaligi xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganilgan.
O‘rganish davomida Burchmullo davlat o‘rmon xo‘jaligining Qorong‘u- to‘qay bo‘limi Cho‘loqmergan hududida 1 dona Tyan Shan qo‘ng‘ir ayig‘i dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, taxminan 70-80 metr balandlikdagi qoya toshdan yiqilib tushgani aniqlangan.
Tyan Shan qo‘ng‘ir ayig‘i tanasidan nobud bo‘lish sabablari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti ekspertiza markazining xulosasiga asosan aniqlangan.
«Xulosa natijalari chiqqunga qadar Burchmullo davlat o‘rmon xo‘jaligining tegishli bo‘limida vaqtincha saqlab turilishi ma’lum qilinadi. Ekspertiza xulosasi natijalariga ko‘ra, huquqiy baho beriladi. Holat Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan»? - deyiladi xabarda.