add

«Toshkent-Xatirchi» yo‘nalishida ortiqcha undirilgan pullar qaytariladi

09.09.2025 | 11:3038272

«Toshkent-Xatirchi» avtobus qatnovida yo‘lovchilardan ortiqcha haq olingani aniqlandi va 710 mln so‘m iste’molchilarga qaytariladi.

«Toshkent-Xatirchi» yo‘nalishida ortiqcha undirilgan pullar qaytariladi
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotiga ko‘ra, «Hunarmand» MCHJ yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish jarayonida bilet narxini asossiz oshirgan. Shu bois Qo‘mita tomonidan 2022 yil 22 avgustdan 2025 yil 31 martigacha bo‘lgan davrdagi qatnovlar o‘rganildi. Tekshiruvlar chog‘ida aholiga bilet sotishda qonun talablariga zid holatlar kuzatilgani aniqlandi. Xususan, yo‘lovchilar qo‘shimcha xizmatlardan foydalanishga majburlangan yoki ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq to‘lashga majbur qilingan. Natijada 74 mingdan ziyod yo‘lovchiga sotilgan chiptalar bo‘yicha jami 710 mln so‘m ortiqcha haq undirilgani ma’lum qilindi. Shu asosda maxsus komissiya ish qo‘zg‘atib, korxonaga mablag‘larni iste’molchilarga qaytarish yuzasidan ko‘rsatma berdi. Ma’lumot uchun, Qo‘mita va uning hududiy bo‘linmalariga 2024 yil va 2025 yilning 7 oyi davomida transport sohasida qariyb 1050 ta murojaat kelib tushgan. Ularning natijasida iste’molchilar foydasiga taxminan 1,4 mlrd so‘m mablag‘ qayta hisoblangan.

Teglar

Mavzuga oid

«Toshkent-Xatirchi» yo‘nalishida ortiqcha undirilgan pullar qaytariladi | Vaqt.uz