Toshkentda daraxtlar kesilishi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
23.07.2025 | 18:0010732
Poytaxtdagi sobiq harbiy hospital hududida qurilish boshlangani va yashil maydon yo‘qolgani jamoatchilik e’tiborini tortmoqda. Deputat Navro‘zbek Yusupov ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura hamda Ekologiya vazirligiga rasmiy deputatlik so‘rovi yo‘lladi.

Mazkur hodisa Miroobod tumani, Avliyoota ko‘chasida joylashgan yer maydonida yuz bergan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fotosuratlarda ilgari daraxtlar bilan qoplangan hudud hozirda to‘liq tuproqqa aylangani ko‘rinib turibdi. Shu bilan birga, mazkur yerda qurilish ishlari boshlangani ham qayd etilgan.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan qimmatbaho daraxt va butalarni kesishga moratoriy joriy etilgan. Shunga qaramay, shaharda qurilishlar davomida yashil hududlar yo‘qolishi dolzarb muammoga aylanmoqda.
Deputat o‘z so‘rovida qator savollarni ko‘tardi: qurilish uchun ajratilgan yer qanday asosda berilgan, bu loyiha bosh rejaga mosmi, ekologiya ekspertizasidan o‘tkazilganmi, va eng muhimi — daraxtlarni asrash bo‘yicha qanday choralar ko‘rilgan?
Ekopartiya vakillari bu kabi holatlarga qarshi kurashishda faollik ko‘rsatmoqda. Ularning ta’kidlashicha, shaffoflik va javobgarlik ta’minlanmasa, bunday ekologik muammolar yanada avj olishi mumkin.