add

Toshkentda go‘sht narxi arzonlashgani rostmi?

06.08.2025 | 19:00108912

So‘nggi kunlarda go‘sht narxlari tushgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Vaqt.uz jurnalisti bozorlar va supermarketlariga borib go‘sht narxlarini, iqtisodchilarning go‘sht importiga oid tahlillarini o‘rgandi.

Toshkentda go‘sht narxi arzonlashgani rostmi?
Toshkent shahar hokimligi bozorlarda arzonlashtirilgan go‘shtlar sotilishi boshlangani haqida xabar bergan edi. Unga ko‘ra, poytaxtning ayrim bozorlarida go‘sht mahsulotlari savdo shoxobchalari ko‘paytirilib, narxlar barqarorlashgani aytilgan. «Poytaxtning beshta yirik bozori — Chorsu, Yunusobod, Farhod, Aviasozlar va Qo‘yliq bozorlarida go‘sht narxi allaqachon pasaygan», — deydi poytaxt hokimligi matbuot xizmati. Yuqoridagi oziq-ovqat bozorlarda ilgari 624 ta go‘sht mahsulotlari savdo rastalari faoliyat ko‘rsatgan. 3 avgust kuni qo‘shimcha ravishda yana 84 ta rasta (+13,5 foiz) tashkil etildi. Natijada savdo nuqtalari umumiy soni 708 taga yetdi. 3 avgust holatiga ko‘ra, Toshkent shahri bozorlariga 78,9 tonna go‘sht yetkazib berilgan. Shundan 21,8 tonnasi (umumiy hajmning 27,6 foizi) savdo rastalariga joylashtirilgan qo‘shimcha hajmni tashkil etdi. Quyidagicha go‘sht taqsimlangan:
  • «Aviasozlar» — 3,1 tonna (14,2 foiz);
  • «Farhod» — 5,6 tonna (25,7 foiz);
  • «Eski Jo‘va» — 6,0 tonna (27,5 foiz);
  • «Yunusobod» — 3,2 tonna (14,7 foiz);
  • «Qo‘yliq» — 4,0 tonna (18,3 foiz).
Narxlar qancha? (hokimlik ma’lumoti)
  • Mol go‘shti (mahalliy) — 85 000 so‘m;
  • Mol go‘shti (Belarus) — 70 000 so‘m;
  • Qo‘y go‘shti (mahalliy) — 90 000 so‘m;
  • Muzlatilgan go‘sht — 65 000 so‘m.
[caption id="attachment_12053" align="aligncenter" width="630"]Chorsu gosht Foto: Vaqt.uz[/caption] Vaqt.uz jurnalisti xabar yuzasidan Chorsu bozoriga borib, narxlarni o‘rgandi. Jarayon davomida 20 ga yaqin go‘sht rastalaridagi sotuvchilar bilan muloqot qilindi. Haqiqatdan ham bozorning turli nuqtalarda arzonlashtirilgan go‘sht mahsulotlari uchun rastalar ochilgan va ularda asosan import go‘sht mahsulotlari sotilmoqda. Tovarning asosiy qismi Pokiston, Hindiston, Belarus va Hindistondan ekanligini go‘sht sotuvchilar ham tasdiqlashmoqda.   Chorsu bozorida arzonlashtirilgan go‘sht narxi qancha? (jurnalist tahlili) Lahm mol go‘sht narxi 65 ming so‘mdan, suyakli mol go‘shti esa 70 ming so‘mdan boshlangan. Mo‘g‘ulistondan kelgan go‘shtlar ham 65 ming so‘mdan, Belarus go‘shtlari narxi esa 70 ming so‘mdan ekan. Muzlatilgan go‘shtlar 65–70 ming atrofida. [caption id="attachment_12054" align="aligncenter" width="630"]Chorsu gosht 01 Foto: Vaqt.uz[/caption] «Arzonlashtirilgan go‘shtlarni ko‘rdim, asosiysi chetdan kirgan. Hindiston, Pokiston, Belarusdan muzlatilgan shaklda kelgan. Tashqarida 85 minggacha sotishyapti. 5 kg olsangiz, 2 kilosi suyakka chiqib ketadi. Go‘shti faqat 2,5–3 kg chiqadi. Go‘shtni ichini ochsangiz, muzdek novvot rang bo‘ladi. Yaxlagan, muzlagan go‘shtda barra go‘shtning ta’mi yo‘q», — deydi go‘sht sotuvchilardan biri suhbat davomida. [caption id="attachment_12055" align="aligncenter" width="630"]Chorsu gosht 02 Foto: Vaqt.uz (arzonlashtirilgan go‘sht)[/caption] Bundan tashqari, sotuvchidan go‘shtning sifati bilan shaxsan tanishgani haqida so‘raganimizda, uni ko‘rganligini, biroq talabga unchalik ham javob bermasligini aytdi. Undan ko‘ra, mahalliy mol go‘shtini o‘zini 130 – 140 ming so‘mdan bemalol sotib olgan yaxshiroq ekanligini tavsiya qildi. [caption id="attachment_12056" align="aligncenter" width="630"]Chorsu gosht 03 Foto: Vaqt.uz[/caption] Chorsu bozori gumbazi ostidagi go‘sht rastalarida esa narxlar quyidagi: (jurnalist tahlili)
  • Mol go‘shti (mahalliy) — 120 ming so‘mdan 140 ming so‘mgacha;
  • Qo‘y go‘shti (mahalliy) — 130 mingdan 160 minggacha.
Shuningdek, «Korzinka» supermarket taрмоқлариnи ham ko‘zdan kechirdik. 5 avgustga ko‘ra, «Yanada arzon narx» aksiyasi doirasida mol go‘shti 79 ming 990 so‘mdan sotilayotgan ekan. [caption id="attachment_12057" align="aligncenter" width="630"]Korzinka gosht 01 Foto: Vaqt.uz (Korzinka, Abay ko‘chasi, 5 avgust)[/caption] E’tiborlisi, 6 avgustdan esa narxlar qimmatlashgan, ya’ni mol go‘shti to‘shi endi 85 ming 990 so‘mdan sotuvga chiqqan. [caption id="attachment_12058" align="aligncenter" width="630"]Korzinka gosht 02 Foto: Vaqt.uz (Korzinka, Abay ko‘chasi, 6 avgust)[/caption] Bozorga arzonlashtirilgan go‘shtlar chiqqanidan keyin Iqtisodiyot va moliya vazirligining kunlik hisobotidagi tijoriy narxlarda biroz pasayish kuzatilgan. Xususan, mol go‘shti narxi 73–98 ming so‘mdan, 72–96 ming so‘mgacha arzonlagan. Sovutilgan import mol go‘shti 93–95 ming so‘mdan 92–93 ming so‘mgacha tushgan. Qo‘y go‘shti narxlari o‘zgarmagan. «Go‘sht narxini cheklashdan ko‘ra, go‘sht intervensiyasi (yoki pastlab ketganda go‘sht xaridi) samarali va bozor vositasi hisoblanadi. Endi bu vositani faqat rahbarlar ko‘zi uchun vitrinaga aylangan va boy Toshkentda emas, kambag‘al va qimmatchilik tufayli kam go‘sht yeydigan hududlarda, masalan, Farg‘ona vodiysi tumanlarida ham amalga oshirish kerak», — deydi iqtisodchi Otabek Bakirov.   Ma’lumot uchun, iyul oyi holatiga ko‘ra eng qimmat go‘sht Farg‘ona viloyatida qayd qilingan. Undan keyingi o‘rinlarni Toshkent shahar va Toshkent viloyati egallagan.   Arzonlashtirilgan go‘shtlar qayerdan kelyapti? — iqtisodchi tahlili Iqtisodchi Mirkomil Xolboyevning ma’lum qilishicha, joriy yilning 4 oyida 124 mln dollarlik go‘sht import qilinib, oldingi yilning mos davriga nisbatan 63,2 foizga oshgan. Ya’ni narx o‘sishiga reaksiya sifatida import hajmi ham oshgan. [caption id="attachment_12059" align="aligncenter" width="630"]Mirkonomika Infgorafika: t.me/mirkonomika[/caption] O‘tgan yilning  yanvar-aprel oylarida Belarus va Qozog‘iston importdagi asosiy yo‘nalishlar bo‘lgan bo‘lsa, joriy yilda Belarus yaqqol yetakchilik qilgan. Xususan, 4 oyda Belarusdan import 58,7 mln dollarni tashkil etib, oldingi yilga nisbatan 2 barobarga oshgan. Qozog‘istondan mol go‘shti importi o‘sishda davom etgan bo‘lsa-da, qo‘y go‘shti importi qisqargan. Qirg‘izistondan esa tirik qo‘y importining qisqarishi hisobiga umumiy import 21,6 foizga qisqargan. Shunga qaramasdan, oxirgi bir yilda go‘sht yuqori darajada — 32,9 foizgacha qimmatlayotgan mahsulot hisoblanadi. Xulosa qilganda, bozorda faqatgina import qilingan go‘shtlarning narxigina pasaygan, biroq mahalliy go‘sht mahsulotlarida o‘zgarish bo‘lmagan. Mahliyo Hamidova tayyorladi.

Teglar

Mavzuga oid