add

Toshkentda havosida PM2,5 zarrachalari miqdori yana keskin oshdi

01.12.2025 | 14:254051 daqiqa

O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, havo ifloslanishi o‘tgan hafta oxirigacha davom etishi kerak edi. 28-noyabrgacha havodagi PM2,5 zarrachalari miqdori davomiy kamayotgandi.

Toshkentda havosida PM2,5 zarrachalari miqdori yana keskin oshdi

O‘zgidromet 1-dekabr kuni soat 09:00 holatida atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi avtomatik stansiyalari ma’lumotlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrining atmosfera havosidagi PM2,5-mayda dispersli zarrachalar miqdori 180 mkg/m3 ni tashkil etib, ruxsat etilgan me’yorlardan (60 mkg/m3) 3-marta oshgan.

Avvalroq O‘zgidromet Toshkent havosidagi inversiya jarayoni o‘tgan hafta oxirigacha (30-noyabrgacha) saqlanib turishini xabar qilgan edi.

Shuningdek, 28-noyabrgacha so‘nggi 5 besh kun ichida havodagi PM2,5 zarrachalarining doimiy kamayib borishi kuzatilgan edi. Jumladan, 24-noyabrda PM2,5 me’yordan 3-marta oshgan bo‘lsa, 28-noyabrda esa PM2,5 me’yordan 1.6-marta ortgan edi.

O‘zgidromet avvalroq e’lon qilgan xabarda havo sifatining yaxshilanishi havo massalarining almashishi, shamolning kuchayishi yoki yog‘ingarchilik tushishi bilan bog‘liqligini ta’kidlagandi.

Ma’lumot uchun, O‘zgidromet prognozlariga ko‘ra, 8-9-dekabr kunlarida Toshkent shahrida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli yuqori ekanligi qayd etilgan.

Teglar

Mavzuga oid