add

Toshkentda noqonuniy IMEI ro‘yxatdan o‘tkazish narxi 250 dollargacha ko‘tarildi

07.07.2025 | 09:4021443

Toshkentda mobil telefonlar uchun IMEI kodlarini noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatlari narxi keskin oshib ketdi. Oldin 30–40 dollar atrofida bo‘lgan bu xizmat endi 100–150 dollar, ba’zi hollarda esa 250 dollargacha yetib bormoqda.

Toshkentda noqonuniy IMEI ro‘yxatdan o‘tkazish narxi 250 dollargacha ko‘tarildi
«Potribitel.Uz» iste’molchilar guruhi ma’lumotiga ko‘ra, Bunday narx oshishiga sabab sifatida mamlakatda yangi bojxona to‘lovlarining joriy etilishi va mobil qurilmalarni deklaratsiya qilishda nazorat kuchaytirilgani qayd etilmoqda. Shu tufayli ko‘plab fuqarolar telefonlarini qonuniylashtirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda va so‘nggi chora sifatida noqonuniy yo‘llarga murojaat qilmoqda. Mutaxassislar fikricha, IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq yangi tartiblar so‘nggi paytlarda kulrang bozorni qisqartirish o‘rniga, aksincha, noqonuniy xizmatlarning rivojlanishiga turtki berdi. Ayniqsa, «Malika» bozorida bu kabi xizmatlarni taklif qiluvchi shaxslar soni ortib bormoqda. Shu bilan birga, ko‘plab fuqarolar yangi qoidalar haqida yetarlicha axborotga ega emasligi tufayli IMEI kodlarni qonuniy ro‘yxatdan o‘tkazishda qonuniy yo‘lni topolmayotgani qayd etilmoqda. Bundan esa noqonuniy xizmat ko‘rsatuvchilar foyda ko‘rayotgani ta’kidlanmoqda. Mutasaddilar IMEI ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida shaffoflik va axborot berilishini yanada kuchaytirish zarurligini bildirmoqda. Shu yo‘l bilan noqonuniy xizmatlarga bo‘lgan talabni pasaytirish mumkin bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid

Toshkentda noqonuniy IMEI ro‘yxatdan o‘tkazish narxi 250 dollargacha ko‘tarildi | Vaqt.uz