add

Toshkentda «Tengebank»dan 90 ming dollar o‘g‘irlagan jinoiy guruh ushlandi

03.07.2025 | 15:4521742

Yashnobod tumanidagi «Tenge Bank» filialida yuz bergan yirik firibgarlikda ishtirok etgan 9 nafar shaxs qo‘lga olindi. Ular bank terminaliga soxta ma’lumot kiritish orqali 90 ming AQSH dollarini o‘g‘irlashgan.

Toshkentda «Tengebank»dan 90 ming dollar o‘g‘irlagan jinoiy guruh ushlandi
18 iyun kuni «Tenge Bank» rahbari ichki ishlar organlariga murojaat qilib, bank hisobidan katta miqdordagi mablag‘ talon-toroj qilingani haqida xabar bergan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘sha kuniyoq ushbu holat bo‘yicha tergov harakatlarini boshlagan va olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida jinoyatni sodir etgan guruh a’zolari aniqlanib, ularni ushlashga muvaffaq bo‘lingan. Jinoyatchilar bank terminali orqali noqonuniy ravishda ma’lumotlarni o‘zgartirib, bank mablag‘larini naqdlashtirib olishgan. Tadbir vaqtida jinoyatchilardan 11 dona mobil telefon, to‘qqizta bank kartasi, postterminal qurilmasi, 1 million 670 ming so‘m va 36 ming dollardan ziyod pul mablag‘lari ashyoviy dalil sifatida olindi. Hozirda ushlangan 9 nafar shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 223-moddasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi IIV xabarida.    

Teglar

Mavzuga oid