Toshkentda yirik narkolaboratoriya aniqlandi

Bugun 10:091 daqiqa

Toshkent shahri va viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida «Pregabalin», «Tropikamid» dori vositalari va ularni qadoqlash uchun mo‘ljallangan jihozlar topilgan.

Toshkentda yirik narkolaboratoriya aniqlandi © Видеодан кадр

Toshkent shahrining Yangihayot tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 2 nafar shaxs ushlanib, ularning yonidan 500 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Tezkor tadbirlar davomida ushbu shaxslarga aloqador bo‘lgan yana bir tarqatuvchi ham aniqlanib, u ham qo‘lga olindi. Uning yonidan ham 500 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari topildi va musodara qilindi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan dorilarning manbasini aniqlash maqsadida tadbirlar yanada kengaytirildi. Olib borilgan qo‘shimcha surishtiruvlar natijasida zanjirning yuqori bo‘g‘ini fosh etildi.

Xususan, Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida 3 nafar shaxs qo‘lga olindi. Ularning yashash manzili ko‘zdan kechirilganda, u yerda noqonuniy ravishda narkolaboratoriya tashkil etilgani ma’lum bo‘ldi.

Noqonuniy dorilar miqdori

Tadbir davomida laboratoriyadan 9 kilogramm «Pregabalin», 500 gramm «Tropikamid», shuningdek 600 dona «Pregabalin» dori vositalari va ularni qadoqlash uchun mo‘ljallangan jihozlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251¹-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom etmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ushbu tarmoqning boshqa ishtirokchilarini ham aniqlash ishlarini olib bormoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Toshkentda yirik narkolaboratoriya aniqlandi | Vaqt.uz