Logo

Toshkentdagi 35 ta bozor sotuvga qo‘yiladi

Kecha 11:152 daqiqa

Poytaxtdagi «Yunusobod», «Chorsu», «O‘rikzor», «Qo‘yliq», «Farhod» va yana bir qator bozorlar, savdo kompleksi hamda ularning shoxobchalari ommaviy savdolarga chiqariladi.

Toshkentdagi 35 ta bozor sotuvga qo‘yiladi © Ijtimoiy tarmoqlar

Prezidentning «Toshkent shahrini 2026–2027-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, poytaxtdagi 35 ta bozor, savdo kompleksi va ularning shoxobchalari ommaviy savdolarga chiqariladi.

Hujjatga ko‘ra, savdolarda buyurtmachi sifatida «Toshkent invest kompaniyasi» AJ ishtirok etadi. Kompaniya har bir obyekt bo‘yicha tayyor biznes loyihasini ishlab chiqadi va shu asosda aktivlar savdoga qo‘yiladi.

Sotuvdan tushgan mablag‘ning 1 foizi hamda savdoni tashkil etish xarajatlari «Toshkent invest kompaniyasi»ga o‘tkaziladi.

Qaysi bozorlar sotiladi?

Ommaviy savdolarga chiqariladigan yirik obektlar qatoriga «Chorsu» dehqon bozori, «O‘rikzor» savdo kompleksi, «Qo‘yliq» dehqon bozori, «Sergeli» dehqon bozori, «Navro‘z» dehqon bozori, «Yunusobod» dehqon bozori, «Parkent» universal savdo kompleksi, «Yangiobod» ixtisoslashgan bozori, «Chilonzor» buyum savdo kompleksi, «Bek to‘pi» savdo kompleksi hamda boshqa bir qator bozorlar va ularning shoxobchalari kiritilgan.

Shuningdek, qaror bilan mazkur bozorlarga qarashli o‘nlab filiallar, avtoturargohlar va bo‘sh turgan maydonlar ham xususiy investorlarga taklif etiladi.

Boshqa dehqon, ixtisoslashtirilgan va buyum bozorlarining shoxobchalari hamda bo‘sh yer maydonlari ham master rejalar asosida baholangan qiymatda elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilishi belgilangan.

Investorlar uchun shart

Qarorga muvofiq, sotuvga chiqariladigan bozorlar hududida zamonaviy ekobozorlar, savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari, ko‘ngilochar markazlar hamda ko‘p qavatli avtoturargohlar barpo etilishi shart hisoblanadi.

Bu talablar xususiylashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad faqat mulkni sotish emas, balki eski bozor infratuzilmasini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda yangilash ekanini ko‘rsatadi. Loyihalarning amalga oshirilishi poytaxtda savdo xizmatlari sifati va shahar muhitini yaxshilashga qaratilgan.

1

1

2

Teglar

Mavzuga oid