add

Toshkentdagi mashhur O‘rikzor «Stroy Gorod» bozori nega to‘satdan yopildi?

01.07.2025 | 18:2323292

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Uchtepa tumanida joylashgan «Stroy Gorod» qurilish bozori elektr energiyasidan o‘zboshimchalik bilan uzilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Toshkentdagi mashhur O‘rikzor «Stroy Gorod» bozori nega to‘satdan yopildi?
Mazkur holatga Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rasmiy izoh berdi. Ma’lum qilinishicha, bozorning vaqtincha yopilishiga sabab sifatida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2025 yil 13 iyunda chiqargan hal qiluv qarori ko‘rsatilgan. Qarorga asosan, «OZIQ-OVQAT STANDART KARTON» MCHJga tegishli savdo binolari va xonalarida aniqlangan yong‘inga qarshi qonunbuzarliklar to‘liq bartaraf etilmaguncha, 27 iyundan boshlab bozor faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Toshkent shahar FVB rasmiy bayonotida ta’kidlanishicha, elektr uzilishi haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Teglar

Mavzuga oid