Logo

Toshkentning ikki tumanida 3 kun davomida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Bugun 12:251 daqiqa

Ta’mirlash ishlari sababli Yangihayot va Sergeli tumanlaridagi qator mahallalarda 12-avgust soat 08:00 dan 15-avgust 17:00 gacha gaz ta’minoti vaqtincha uziladi.

Toshkentning ikki tumanida 3 kun davomida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi © Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent shahrining Yangihayot va Sergeli tumanlarida ayrim hududlarga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgazta’minot» Toshkent shahri filiali matbuot xizmati ma’lum qildi.

Gaz ta’minoti 12-avgust soat 08:00 dan 15-avgust soat 17:00 gacha cheklanadi. Bu davrda Yangihayot tumani Tashabbus MFY va Sergeli 5A mavzesidagi eski gaz taqsimlash punkti hamda hududdagi yer osti gaz quvurini almashtirish ishlari amalga oshiriladi.

Qaysi mahallalar gazsiz qoladi?

Yangihayot tumanining quyidagi mahallalarida:

Yo‘ldosh

Mash’al

Olchazor

Xushnud

Navqiron

Yorqin hayot

Charog‘on

Chorbog‘

Viqor

Al-Farg‘oniy

Do‘stlik

Iqbol

Toshkent

Fayzli

Chortoq.

Sergeli tumanidagi quyidagi MFYlar:

Mehrigiyo

O‘zgarish

Habibiy

Madadkor

Ziynat

Ezgulik

Yangi Sergeli

Sohibqiron

Sofdil

So‘g‘diyona

Ittifoq

Nilufar

Saxovat

Qipchoq

Qut-baraka

Daryo bo‘yi

Ta’mirlash ishlari sababli nafaqat yerli xonadonlar, balki ko‘p qavatli uylar va ulgurji iste’molchilar ham vaqtincha gaz ta’minotisiz qoladi. Ta’mirlash ishlari yakunlangach, gaz ta’minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.

«Hududgazta’minot» poytaxt filiali ta’mirlash ishlari tufayli yuzaga kelayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ragan. Aholiga gaz ta’minoti tiklangunga qadar ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya etilgan.

Teglar

Mavzuga oid