
Tramp arablarga umid bog‘lamoqda
17.10.2025 | 19:2029003
AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil va arab davlatlari o‘rtasidagi «Ibrohim bitimi» yaqin vaqt ichida kengayishiga ishonayotganini ma’lum qildi.

AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil va arab davlatlari o‘rtasidagi «Ibrohim bitimi»ning tezda kengayishini kutmoqda. Bu haqda Oq uy rahbari Fox Business Network telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Amerika lideri Saudiya Arabistonining «Ibrohim bitimi»ga qo‘shilishi va Isroil bilan munosabatlarini normallashtirishi mumkinligiga umid bildirdi.
«Saudiya Arabistoni va boshqa mamlakatlar ham qo‘shilishiga umid qilaman», - dedi Tramp.
U Ar-Riyod shunday qadam qo‘yishi bilanoq boshqa davlatlar ham «Ibrohim bitimi»ga qo‘shilishiga ishonch bildirdi.
«Yaqinda Ar-Riyoddagi manba Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish Binyamin Netanyahu hukumati davrida amalga oshirib bo‘lmasligini aytgan edi. Biroq bu 2026 yil oktyabr oyining oxirigacha, ya’ni bir yildan ko‘proq vaqtdan so‘ng, agar ikki davlat tuzish to‘g‘risida qaror qabul qiladigan va Yaqin Sharqdagi inqirozga butunlay barham beradigan yangi hukumat tuzilsa, sodir bo‘lishi mumkin», - deya ta’kidladi manba.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «Falastin davlati»ga nisbatan shartlar bajarilsa, munosabatlarni normallashtirish shubhasiz amalga oshiriladi.





