Tramp: «Bosqinchiga hujum qilmasdan urushda g‘alaba qozonish mumkin emas»
22.08.2025 | 13:0021043
AQSH prezidenti Donald Tramp Ukrainaga himoyadan tashqari hujumga o‘tishga ruxsat berilmaganini tanqid qildi va Bayden siyosati urushni cho‘zib yuborganini ta’kidladi.

AQSH prezidenti Donald Tramp 21 avgust kuni Truth Social platformasida qilgan chiqishida Ukraina–Rossiya urushida Kiyevga hujum qilmasdan g‘alaba qozonish imkoni yo‘qligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Jo Bayden ma’muriyati faqat himoya strategiyasini qo‘llab-quvvatlagan va bu Ukraina imkoniyatlarini cheklab qo‘ygan.
«Bosqinchi davlatga hujum qilmasdan urushda g‘alaba qozonish juda qiyin, hatto mumkin ham emas», — deb yozadi Tramp. U buni «fantastik himoyasi bor sport jamoasiga o‘xshatdi, lekin unga hujumda o‘ynashga ruxsat berilmagan». Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi holatda g‘alabaga yetish imkoni yo‘q.
Tramp Baydenni «qo‘pol va ojiz» deb atab, uning siyosati Ukrainaga faqat mudofaaga yo‘naltirilganini tanqid qildi. «Ukrainaga faqat himoyalanishga ruxsat berildi. Urushga kirishishga emas, kurashishga emas. Bu nimani berdi?» — deb so‘raydi u.
Prezident Tramp shuningdek, agar u 2020 yilda prezidentlikni saqlab qolganida, Rossiyaning Ukrainaga hujumi umuman sodir bo‘lmas edi, deya ta’kidladi. «Agar men prezident bo‘lganimda, bu urushning sodir bo‘lish IMKONIYATI NOLga teng bo‘lardi», — deb yozdi u.
Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp Vladimir Putinga urushni to‘xtatish uchun yana ikki hafta muddat bergani, aks holda taktika o‘zgarishini ta’kidlagani xabar qilingan edi.