
Tramp Si Jinping bilan uchrashish shartini aytdi
Donald Tramp Xitoy rahbari Si Jinping bilan uchrashuvga tayyorligini ma’lum qildi. Ammo bu uchrashuvning yagona sharti bor.

AQSH prezidenti Donad Tramp CNBC telekanaliga bergan intervyusida Xitoy raisi Si Jinping bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi. Trampning ta’kidlashicha, bu uchrashuv 2025 yil oxiriga qadar amalga oshishi mumkin, biroq buning uchun AQSH va Xitoy o‘rtasida savdo kelishuvi tuzilishi kerak.
«Biz kelishuvga juda yaqinmiz. Biz Xitoy bilan yaxshi munosabatdamiz», - dedi Tramp. U, shuningdek, Si Jinping bilan bo‘lgan shaxsiy aloqalarini «juda samarali» deb baholadi.
Trampning ta’kidlashicha, o‘z ma’muriyati davrida kiritilgan yuqori boj to‘lovlari Xitoy bilan biznes aloqalarni «deyarli to‘xtatgan». U bu chora-tadbirlarni mamlakat iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish deb baholagan.





