add

Tramp: Ukraina yaqin kunlarda 17 ta Patriot tizimini qabul qiladi

AQSH prezidenti Donald Tramp NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan uchrashuvda Ukrainaga yuboriladigan harbiy yordam miqdori keskin oshirilishini ma’lum qildi. NATO, o‘z navbatida, Rossiya qurbonlari sonini e’lon qildi va Kiyevga yangi qurol yetkazilishi haqida ma’lumot berdi.

Tramp: Ukraina yaqin kunlarda 17 ta Patriot tizimini qabul qiladi
AQSH prezidenti Donald Tramp NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Ukrainaga katta miqdorda harbiy yordam ajratilishini bildirdi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kunlarda 17 ta Patriot raketa tizimidan bir nechtasi Ukrainaga yetib boradi. «Ukraina o‘zini ancha kuchli his qiladi», — dedi u. Tramp, shuningdek, NATO bloki harbiy yordamni moliyalashtirish tizimini yanada jadallashtirishini va qurollar jang maydoniga tezkor yetkazilishini ta’kidladi. Unga ko‘ra, milliardlab dollarlik qurol-yarog‘ Ukraina ixtiyoriga o‘tadi. Muzokara paytida NATO bosh kotibi Mark Ryutte so‘nggi oylarda urush frontida 100 ming nafargacha rossiyalik askar halok bo‘lganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, u Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojaat qilib, «Trampning 50 kunlik rejalarini eshitgan bo‘lsa, muzokaralar stoliga o‘tirish haqida o‘ylab ko‘rishi kerak», deb bildirdi. Tramp va Ruttening bayonotlari fonida Putinning maxsus vakili Kirill Dmitriyev Trampning Ukrainaga qurol yetkazib berish rejalariga qaramay, AQSH bilan konstruktiv muloqotni davom ettirish rejalarini ma’lum qildi.

Teglar

Mavzuga oid

Tramp: Ukraina yaqin kunlarda 17 ta Patriot tizimini qabul qiladi | Vaqt.uz