add

Trampning Eronga zarbalari Xitoy va Rossiyaga kuchli signal bo‘ldi — The Telegraph

22.06.2025 | 16:0046784

Britaniyaning The Telegraph nashriga ko‘ra, Donald Trampning Eron yadroviy ob’ektlariga hujumlari nafaqat Yaqin Sharqdagi tahdidga javob, balki Xitoy va Rossiyaga ham AQSHning hali ham qudratli ekanini ko‘rsatuvchi strategik ishora hisoblanadi.

Trampning Eronga zarbalari Xitoy va Rossiyaga kuchli signal bo‘ldi — The Telegraph
22 iyun kuni Britaniyaning The Telegraph gazetasi Donald Tramp boshchiligida AQSHning Fo‘rdu, Natanz va Isfahondagi Eron yadroviy ob’ektlariga amalga oshirgan zarbalariga bag‘ishlangan tahliliy maqola chop etdi. Nashrda ta’kidlanishicha, bu harakat AQSHning strategik raqiblari — Xitoy va Rossiyaga yo‘llangan kuchli signaldir. Muallifning qayd etishicha, Tramp o‘z saylovoldi kampaniyasida xalqaro mojarolardan uzoq turishni va’da qilgan edi. Ammo hozirgi zarbalar bunday va’dalardan chetga chiqish emas, balki «kuch orqali tinchlik» doktrinasining amaliy ifodasidir. The Telegraph sobiq AQSH rasmiylarining fikrlariga ham o‘rin berdi. Shu jumladan, noma’lum manba Trampni harbiy harakatlardan ko‘ra kelishuvlarga urg‘u beradigan yetakchi, deb atadi. Biroq u «eng yaxshi kelishuvlar raqiblar zaif holatda muzokaraga majbur bo‘lganda amalga oshadi», degan qarashga tayanmoqda. Eron bo‘yicha AQSH Davlat departamentining sobiq maslahatchisi Gabriel Noronyaning ta’kidlashicha, Tramp bu harakatlari orqali yadroviy dasturga «va-bank» zarba bermoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp bu orqali tarixda tan olinishni ham istamoqda. Sobiq Pentagon amaldori Simona Ledin esa AQSHning zarbalari nafaqat Eron, balki butun dunyo uchun muhim siyosiy signal bo‘lganini qayd etdi. «Bu harakat Tramp faqat kelishuvlar bilan cheklanmasligini va AQSHning kuchini dunyoga eslatishini ko‘rsatdi», — dedi u. Uning fikricha, bu nafaqat Eronga, balki Xitoy, Rossiya va boshqa raqiblarga ham yo‘llangan ogohlantiruvchi xabar hisoblanadi. AQSH hali ham global kuch ekanini ko‘rsatish maqsad qilingan. The Telegraph maqolasi AQSH tashqi siyosatining yangi bosqichga o‘tganini va Tramp ma’muriyatining siljishini ochiq ifoda etmoqda. Bu esa global muvozanatni yanada shiddatli qilishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid