add

Transport vositalarini baholashning tartibi yangilanmoqda

11.06.2025 | 18:455483

Endi transport vositalarining qiymati yagona standart asosida aniqlanadi. Yangilangan tartib, jumladan, shikastlangan avtomobillarning bozor qiymatini aniqlash usullarini ham o‘z ichiga oladi.

Transport vositalarini baholashning tartibi yangilanmoqda
2025 yil 5 iyunda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbarining buyrug‘iga asosan, O‘zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartiga muhim o‘zgartishlar kiritildi. Mazkur hujjat 9 iyundan boshlab kuchga kirgan. Eng asosiy yangilik — Yagona milliy baholash стандартига kiritilgan va transport vositalarining qiymatini baholashga bag‘ishlangan yangi 15-son MBS bo‘limi kiritilgani bo‘ldi. Bu bo‘lim, xususan, shikastlangan avtomobillarning qiymatini baholashda ularni ta’mirlash xarajatlari, yetkazilgan zarar miqdori va tovar qiymatining yo‘qotilishini hisobga olish tartibini belgilaydi, deb yozmoqda Norma.uz. Unga ko‘ra, baholovchi transport vositasi to‘g‘risidagi axborotlarni buyurtmachi, kuzatuv jarayoni va uchinchi shaxslardan olgan ma’lumotlar asosida to‘playdi. Shuningdek, internet va ommaviy axborot vositalaridan olingan ma’lumotlar ham hisobga olinadi. Baholash jarayonida uchta yondashuvdan biri qo‘llaniladi: qiyosiy, daromad yoki xarajat yondashuvi. Qiyosiy yondashuv analog ob’ektlar bilan taqqoslashga asoslansa, daromad yondashuvi kelgusidagi daromadlardan baholash qiymatini aniqlashni nazarda tutadi. Xarajat yondashuvi esa transport vositasining takroriy ishlab chiqarish qiymatidan umumiy eskirishni chiqarib tashlash usuliga tayanadi. Shu tariqa, transport vositalarini baholash jarayonida shaffoflik, standartlashtirish va bozor qiymatini xolis aniqlashni ta’minlash maqsad qilingan. Avvalroq O‘zbekistonda ko‘chmas mulk ob’ektlari savdosi tartibi o‘zgartirilayotgani ma’lum qilingan edi.

Teglar

Mavzuga oid

Transport vositalarini baholashning tartibi yangilanmoqda | Vaqt.uz