add

Transport xizmatlari hajmi 168 trln so‘mdan oshdi

Bugun 19:151 daqiqa

O‘zbekistonda transport sohadagi o‘sish logistika, yo‘l-transport infratuzilmasi va iqtisodiy faollik kuchayganini ko‘rsatmoqda.

Transport xizmatlari hajmi 168 trln so‘mdan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda transport xizmatlari hajmi 168,4 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 12,9 foizga oshdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hududlar kesimida eng katta ulush Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan. Poytaxtda transport xizmatlari hajmi 38,6 trln so‘mni tashkil etgan.

Viloyatlar orasida Samarqand 12,8 trln so‘m va Toshkent viloyati esa 12,2 trln so‘m bilan yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan. Farg‘ona viloyatida transport xizmatlari hajmi 9,8 trln so‘mni, Andijon viloyatida esa 7,9 trln so‘mni tashkil etgan.

Shuningdek, Buxoro viloyatida 6,9 trln so‘m, Qashqadaryo viloyatida 6,8 trln so‘m, Namangan viloyatida 6 trln so‘m hajmida transport xizmatlari ko‘rsatilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasida bu ko‘rsatkich 4,5 trln so‘mga teng bo‘lgan.

Eng past ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida qayd etilgan bo‘lib, u yerda transport xizmatlari hajmi 1,3 trln so‘mni tashkil etgan. Bu hududlar o‘rtasidagi farq transport infratuzilmasi, aholi zichligi va iqtisodiy faollik darajasi bilan bog‘liq.

Avvalroq O‘zbekistonda 2025 yilning 11 oyida savdo xizmatlari umumiy hajmi 158 trln so‘mdan oshgani haqida xabar bergandik.

Teglar

Mavzuga oid