
Turk seriallaridan ilhomlangan shotlandiyalik ayol Islom dinini qabul qildi
08.10.2025 | 18:4020103
U serial tomoshasidan so‘ng shahodat keltirgan va musulmon bo‘lgan.

Shotlandiyalik ayol «Qurilish: Usmon» nomli mashhur turk tarixiy serialidan ta’sirlanib, Islom dinini qabul qildi. Bu serial «Bozdag Film» tomonidan suratga olingan.
Bo‘zdag‘ Film bayonotida aytilishicha, Julieta Lorena Martinez serialni tomosha qilish davomida turk madaniyatiga chuqur qiziqish uyg‘otgan. Uning qiziqishi ortib borgan sari, qo‘shimcha ma’lumotlar izlashga kirishgan va bu oxir-oqibat uning musulmon bo‘lish qaroriga ta’sir ko‘rsatgan.
«Men Covid-19 karantini paytida turk televideniyasini ko‘ra boshladim. Chunki ilgari hech qachon bilmagan hikoya, tarix va Islom haqidagi ma’lumotlar meni juda ta’sirlantirdi. Bu meni Qur’onni o‘qishga undadi va ikki yil o‘tgach, «Usmon» serialini ko‘rganimdan so‘ng, shahodat keltirdim va musulmon bo‘ldim», - degan Martinez.
Ayol Istanbul shahriga tashrif buyurib, u yerda «Bozdag Film» studiyalarini tomosha qilgan, serialning suratga olingan joylarini aylanib chiqqqan va mashhur asarda tasvirlangan Qoyi qabilasi qarorgohini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan.
Serial Usmonli imperiyasining vujudga kelishi va madaniy merosini aks ettirgani tufayli butun dunyo bo‘ylab millionlab tomoshabinlarni o‘ziga jalb qilgan global hodisaga aylandi.





