add

Turkish Airlines: To‘xtashdan oldin turgan yo‘lovchilar jarimaga tortiladi

12.05.2025 | 17:4213213

Turkish Airlines kompaniyasi yo‘lovchilar xavfsizlikni kuchaytirish maqsadida samolyot to‘xtab, "xavfsizlik kamarlarini taqing" signal chiroqchasi o‘chmaguncha o‘rnidan turgan shaxslarga nisbatan qonunan jazo choralarini ko‘rishni boshladi.

Turkish Airlines: To‘xtashdan oldin turgan yo‘lovchilar jarimaga tortiladi
Aniqroq qilib aytganda, Turkish Airlines (THY) parvoz xavfsizligini ta’minlash maqsadida yangi qoidalar joriy etdi. Turkiya Fuqarolik aviatsiyasi bosh boshqarmasi (SHGM) tomonidan e’lon qilingan «Yo‘lovchilarga e’lonlar to‘g‘risidagi umumiy nizom»ga muvofiq, endi samolyot to‘liq to‘xtamay turib va "xavfsizlik kamarlarining taqing" belgisi o‘chmagan holatda o‘rnidan turgan yo‘lovchilar «qoidabuzar» deb topiladi va jarimaga tortilishi belgilab qo‘yildi. Yangi reglamentga ko‘ra, qo‘nishdan so‘ng o‘rnidan turgan, yuqoridagi yuk bo‘lmasini ochgan yoki ekipaj ogohlantirishlariga e’tibor bermagan yo‘lovchilarga nisbatan amaldagi qonunchilik asosida jazo choralari ko‘riladi. Kompaniya ekipaj a’zolari uchun ham yangi majburiyatlarni joriy qildi. Endilikda qo‘nishdan so‘ng, rasmiy xayrlashuv e’lonlaridan keyin alohida tarzda yo‘lovchilarni qoida haqida ogohlantirish kerak bo‘ladi. Ekipajdan yo‘lovchilarni kuzatish va chiqish jarayonida yuqori diqqat va mas’uliyatli bo‘lish talab etiladi. Turkish Airlines vakillari ta’kidlashicha, ushbu cheklov faqat intizom uchun emas, balki yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy qilinmoqda. Chunki bugunga qadar harakatdagi samolyotda o‘rnidan turish yoki yuk qutichasini ochish turli jarohatlarga va favqulodda vaziyatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.  

Teglar

Mavzuga oid

Turkish Airlines: To‘xtashdan oldin turgan yo‘lovchilar jarimaga tortiladi | Vaqt.uz