Logo

Turkiy davlatlar o‘rtasidagi savdo aylanmasi 326 milliard dollardan oshdi

Bugun 17:202 daqiqa

O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishda 8,7 foizga, sanoatda esa 8 foizga yaxshilandi.

Turkiy davlatlar o‘rtasidagi savdo aylanmasi 326 milliard dollardan oshdi © Foto: turkicstates.org

Iqtisodiy islohotlar va kommunikatsiyalarni tahlil qilish markazi Turkiy davlatlar tashkiloti kotibiyati bilan birgalikda joriy yilning birinchi choragi uchun sakkiz tilda taqdim etilgan «Turk iqtisodiy sharhi» hisobotini nashr etdi.

Hujjatda tashkilotning ishtirokchi mamlakatlari va kuzatuvchilarining iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlili keltirilgan.

Jahon iqtisodiyoti va demografik ko‘rsatkichlarining ulushi qanday?

YAIM va aholi soni: hisobot davrida turkiy davlatlarning umumiy yalpi ichki mahsuloti 673 milliard 557,5 million dollar bo‘ldi va ular global iqtisodiyotning 2,34 foizini tashkil etdi. Mintaqaning umumiy aholisi 178,8 million kishini kishiga yetdi, bu dunyo aholisining 2,8 foiziga teng.

Savdo aylanmasi: birinchi chorakda turkiy davlatlarning umumiy savdo aylanmasi 326 milliard 11,55 million dollarga yetdi, bu jahon savdo aylanmasining taxminan 3,73 foizini tashkil etadi. Mamlakatlar bo‘yicha iqtisodiy o‘sish sur’atlari quyidagicha: Qirg‘izistonda iqtisodiy o‘sish 10,1 foizni, O‘zbekistonda 8,7 foizni, Turkmanistonda 8,5 foizni, Shimoliy Kiprda (Shimoliy Kipr Turk Respublikasi) 6,3 foizni tashkil etdi. Qozog‘istonda YAIM o‘sishi 3,0 foiz, Turkiyada (tashkilotning eng yirik iqtisodiyoti) 2,5 foiz, Vengriyada 1,7 foiz va Ozarbayjonda 0,3 foiz bo‘ldi.

Savdo aylanmasi bo‘yicha Turkiya 155 milliard 122 million dollar ko‘rsatkich bilan tashkilotning mutlaq yetakchisi bo‘ldi. Undan keyin Vengriya 87 milliard 445 million dollar, Qozog‘iston 32 milliard 908 million dollar va O‘zbekiston 18 milliard 23 million dollar ko‘rsatkich bilan qayd etildi. Shuningdek, O‘zbekiston va Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi hamda san tarmoqlarida eksport hajmining barqaror o‘sishini namoyon etdi.

Sanoat sohasida eng yuqori o‘sish sur’atlari yirik ishlab chiqarish va infratuzilma loyihalari hisobiga Qirg‘izistonda 14 foizni, Shimoliy Kiprda (Shimoliy Kipr Turk Respublikasi) 9,2 foizni, O‘zbekistonda 8 foizni, Turkmanistonda 2,4 foizni va Turkiyada 1,1 foizni tashkil etdi. Qishloq xo‘jaligi sohasida esa eng yuqori o‘sish sur’ati Shimoliy Kiprda (Shimoliy Kipr Turk Respublikasi) qayd etilib, 7,9 foizni tashkil qildi.

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi o‘sishi 5,1 foiz, Qozog‘istonda 3,4 foiz, Qirg‘izistonda 2,8 foiz va Turkiyada 2,7 foiz bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida iqtisodiy muvofiqlashtirish uchun katta tashabbus bilan chiqqandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev esa turkiy davlatlarni jipslashishga chaqirgandi.

Teglar

Mavzuga oid

Turkiy davlatlar o‘rtasidagi savdo aylanmasi 326 milliard dollardan oshdi | Vaqt.uz