add

Turkiya Qora dengiz ostida 75 mlrd metr kub gaz topdi

17.05.2025 | 21:4435263

Turkiya Qora dengizda 75 milliard metr kub hajmda yangi gaz konini aniqladi. Bu zaxira mamlakat ehtiyojini 3,5 yil ta’minlashga qodir, dedi Turkiya prezidenti rajab Toyyib Erdo‘g‘an.

Turkiya Qora dengiz ostida 75 mlrd metr kub gaz topdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Qora dengizda «Go‘ktepe-3» deb nomlangan quduqda yangi gaz zaxirasi topilganini ma’lum qildi. Zaxira hajmi — 75 mlrd metr kub. Uning iqtisodiy qiymati taxminan 30 mlrd dollarga teng. Bu tabiiy gaz zaxiralari Turkiya aholisini 3,5 yil davomida uzluksiz ta’minlash imkonini beradi. Erdo‘g‘anga ko‘ra, mazkur quduqda qazish ishlari 27 martda boshlanib, 16 may kuni 3500 metr chuqurlikda yakunlangan. Turkiya hukumati so‘nggi yillarda geologiya-qidiruv ishlarini faollashtirib, Qora dengizda 38 ta, O‘rta Yer dengizi hududida 11 ta qazish ishlarini amalga oshirgan. Hozirgi kunda Qora dengizdagi gaz zaxiralari 4 mln xonadonni 9,5 mlrd metr kub gaz bilan ta’minlab turibdi. 2028 yilga qadar bu ko‘rsatkich to‘rt barobarga oshirilishi kutilmoqda. «Bizni tanqid qilayotganlarga qaramasdan, Turkiyaning to‘liq energetik mustaqillikka erishish maqsadiga yetishimiz uchun harakatni to‘xtatmaymiz», — dedi Erdo‘g‘an. Turkiya, shu bilan birga, Yevropa bilan energetika sohasida hamkorlikni kuchaytirishni maqsad qilgan. Energetika vaziri va turk diplomatlarining ma’lum qilishicha, mamlakat Yevropa Ittifoqiga eksport hajmini 10 mlrd metr kubgacha oshirishni rejalashtirgan. Rossiya-Ukraina urushi tufayli Yevropa Rossiya gaziga bog‘liqlikdan voz kechmoqda. «Turk oqimi»dan tashqari barcha yo‘nalishlar yopilgan. Endilikda Turkiyaning geosiyosiy va energetik ahamiyati ortib bormoqda.

Teglar

Mavzuga oid