Turkiya Ruminiyaga birinchi marta harbiy kema eksport qildi
223 mln yevroga baholanayotgan kelishuv doirasida Turkiya Ruminiya flotiga Hisar sinfidagi harbiy kemani topshirdi. Kema Qora dengizdagi xavfsizlikni ta’minlashda qo‘llaniladi.
© Turdef.comTurkiya 2026-yil 20-iyun kuni Ruminiya dengiz floti uchun Hisar sinfidagi yengil korvetni topshirdi.
Kema avval Turkiya floti tarkibida TCG Akhisar (P-1220) nomi bilan xizmat qilgan bo‘lib, endi Ruminiya flotida Contraamiral Roman nomi bilan qayd etildi.
Bu Turkiya tarixida NATO va Yevropa Ittifoqi a’zosi davlatga birinchi marta to‘liq jangovar kemani eksport qilishi hisoblanadi. Shartnoma qiymati taxminan 223 million yevroni tashkil etadi.
Topshirish marosimi Istanbul dengiz kemasozlik zavodida bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Ruminiya Prezidenti Nikushor Dan ishtirok etdi. Erdo‘g‘on bu voqeani Turkiya mudofaa sanoatining muhim yutug‘i deb baholadi.
Ruminiya kemani Qora dengizdagi xavfsizlikni kuchaytirish, Neptun Deep gaz koni kabi infratuzilmani himoya qilish va NATO majburiyatlarini bajarish uchun ishlatmoqchi.





