add

«Ucell» kompaniyasining sobiq rahbari otasining o‘limi haqida ilk bor ochiq gapirdi

03.01.2026 | 14:331 daqiqa

«Ucell» kompaniyasining sobiq rahbari Vladimir Kravchenko otasining fojiali o‘limi haqida jamoatchilikka birinchi bor bayonot berdi. Uning aytishicha, otasi bir paytlar aloqa vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

«Ucell» kompaniyasining sobiq rahbari otasining o‘limi haqida ilk bor ochiq gapirdi

«Ucell» kompaniyasining sobiq bosh direktori va «Uzmobile»ga ham bir muddat rahbarlik qilgan Vladimir Kravchenko otasining fojiali o‘limi haqida jamoatchilikka ilk bor ochiq ma’lumot berdi.

Kravchenkoning aytishicha, uning otasi o‘z vaqtida aloqa vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 1996 yilda O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov uni vazir lavozimiga tayinlash masalasini ko‘rib chiqqan. Suhbatlar davomida unga ikki hafta ichida vazir bo‘lishi aytilgan, ammo oradan bir hafta o‘tib, u fojiali ravishda o‘ldirib ketilgan.

«Suhbatga kiryaptilar. Ikki haftadan keyin vazir bo‘lasan, deyishyapti. Bir haftadan keyin esa shu ish bo‘lyapti. Ko‘z oldimda o‘ldirib ketishgan», — deydi u.

Kravchenko ushbu voqea uning ko‘z o‘ngida sodir bo‘lganini aytib, bu hayotidagi eng og‘ir xotiralardan biri ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisadan so‘ng ikki nafar shaxs qo‘lga olingan, ammo qotillikning asl sabablari va buyurtmachilari rasman ochiqlanmagan.

Shuningdek, Kravchenko qotillar voqea joyidan 500 ta videokassetani olib ketganini ma’lum qildi. Ushbu materiallarda nima aks etgani va ularning jinoyatga qanday aloqador ekani hozirga qadar noma’lum bo‘lib qolmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Vladimir Kravchenko 1985 yilda tug‘ilgan. U Toshkent xalqaro Vestminster universitetini tamomlagan. 2018 yilda u «Ucell» kompaniyasiga bosh direktor etib tayinlangan va telekommunikatsiya sohasida faoliyat yuritgan.

Teglar

Mavzuga oid