add

Ukraina bilan urushayotgan Putin Isroil va Eronni tinchlikka chaqirdi

14.06.2025 | 08:009373

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon bilan suhbatda mintaqadagi keskinlikni siyosiy yo‘l bilan hal etishga chaqirdi. Ammo Ukrainadagi urush bir necha yildan beri davom etmoqda.

Ukraina bilan urushayotgan Putin Isroil va Eronni tinchlikka chaqirdi
BBC keltirayotgan Kreml ma’lumotiga ko‘ra, Putin va Netanyahu o‘rtasidagi suhbatda Eron yadroviy dasturiga oid masalalar faqat siyosiy-diplomatik usullar orqali hal qilinishi lozimligi ta’kidlangan. Rossiya rahbari Moskva tomonidan vositachilik qilishga tayyor ekanini bildirgan. Ikkinchi tomondan, Putin Eron prezidenti Pizishkiyonga Israil hujumlari oqibatida halok bo‘lgan tinch aholi va qurbonlar uchun ta’ziya bildirgan. Rossiya rahbari mazkur mojorolarni «BMT Nizomi va xalqaro huquq normalariga zid harakatlar», deb baholagan. Rossiya–Eron munosabatlari so‘nggi yillarda yanada mustahkamlangan. Xususan, Ukrainadagi urush davomida Eron Moskvaga qurol, ayniqsa dronlar yetkazib berishda strategik sherikka aylangan. Biroq Rossiya Isroil bilan ham aloqalarda ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda — Isroil G‘arb sanksiyalariga qo‘shilmagan yagona davlatlardan biri bo‘lib qolmoqda. Tahlilchilarga ko‘ra, Kremlning ikki tomon bilan muloqot o‘rnatish harakati Rossiyani Yaqin Sharqdagi geosiyosiy o‘yinda «neytral vositachi» sifatida namoyon etishga qaratilgan. Bu orqali Moskva o‘z ta’sirini jahon miqyosida saqlab qolishni ko‘zlamoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Ukraina bilan urushayotgan Putin Isroil va Eronni tinchlikka chaqirdi | Vaqt.uz