
Ukraina gazni Gretsiya orqali import qilishga tayyor
27.05.2025 | 18:0041933
Ukraina Gretsiyadan gaz sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu amaliyot faqatgina Bolgariya, Ruminiya va Moldova orqali tranzit xarajatlari 25 foiz kamaytirilsa, amalga oshishi mumkin.

Ukraina rasmiylari Gretsiya, Bolgariya, Ruminiya va Moldova orqali gaz import qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu gaz yetkazib berish Vertikal gaz koridori deb nomlangan Transbalkan quvur tizimi orqali amalga oshiriladi.
Ukraina energetika sohasining sobiq vaziri Olga Buslavetsning ta’kidlashicha, mazkur yo‘nalishdan foydalanish uchun Bolgariya, Ruminiya va Moldova orqali gaz tranziti narxi 25 foizga kamayishi lozim. Agar ushbu shart bajarilsa, Kiyev uchun Gretsiyadan yana bir qo‘shimcha manba orqali metan olish imkoniyati yaratiladi.
Ayni paytda esa Vertikal gaz koridori Ukraina uchun «eng qimmat yo‘nalish» hisoblanadi. Buslavets o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilishicha, Ukraina hozirda gazni asosan Polsha, Vengriya va Slovakiya orqali xarid qilmoqda.
Slovakiyadan tranzit tiklanishi natijasida bu yo‘nalishlar orqali yetkazib berilayotgan gaz miqdori kuniga 19 mln kub metrga yetgan. Bu Ukraina uchun gaz manbalarini diversifikatsiya qilish imkonini bermoqda.
Yevropa mamlakatlarining energetika regulyatorlari hozir ROUT1 deb nomlangan tranzit shartnomalarini muvofiqlashtirmoqdalar. Agar kelishuvga erishilsa, Ukraina uchun yangi, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan import yo‘li ochiladi,





