add

Ukraina o‘z ballistik raketalarini ommaviy ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda

15.06.2025 | 16:0027663

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakatda «Sapsan» deb nomlangan ballistik raketalarning ommaviy ishlab chiqarilishiga tayyorgarlik boshlanganini ma’lum qildi. Bu harakat Ukraina harbiy salohiyatini oshirishda muhim qadam bo‘lishi mumkin.

Ukraina o‘z ballistik raketalarini ommaviy ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 13 iyun kuni mamlakatda mahalliy ballistik raketalar — «Sapsan» (yoki «Grom-2») loyihasi doirasida ommaviy ishlab chiqarish bosqichiga tayyorgarlik boshlanganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tizimning muvaffaqiyatli sinovlari avvalroq amalga oshirilgan. Zelenskiy jurnalistlar bilan suhbatda batafsil ma’lumot bermagan holda, raketalar qachon va qanday miqdorda ishlab chiqarilishini ayta olmasligini ta’kidladi. Shuningdek, u so‘nggi paytlarda Ukrainaning yuqori rahbariyati tomonidan korrektirlanuvchi aviabombalar, dronlar, optik-tovush texnologiyalari hamda raketalar borasida bir necha muhokamalar o‘tkazilganini aytdi. Ayni kuni Ukraina Stavkasi yig‘ilishida Zelenskiy Qurolli Kuchlarning ta’minlanishi, brigadalarning to‘liqligi va raketalar dasturi muhokama qilinganini bildirdi. «Sapsan» Ukraina mudofaa sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqilmoqda. Rasmiy tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, raketaning maksimal parvoz masofasi taxminan 300 km bo‘lib, undagi zarbdor kallagi 480 kg ni tashkil etadi. Ukraina Armiyasi tadqiqotlar markazi rahbari Valentin Badrak esa may oyida o‘tkazilgan sinovda «Sapsan» raketa Rossiya harbiy ob’ektini 300 km masofada urib tushirganini aytgan. Unga ko‘ra, raketa 5,2 MAX (6370 km/h) tezlikka erishgan.

Teglar

Mavzuga oid