
Ukraina yasagan «Flamingo» raketasi urushda ustunlik bera oladimi?
28.08.2025 | 09:0043382
Ukrainada ishlab chiqarilgan va 3000 km masofagacha uchadigan FP-5 «Flamingo» raketaci keng miqyosda ishlab chiqilsa, urushning borishiga ta’sir o‘tkazishi mumkin.

Bu haqda Euronews xabar bermoqda. Ukrainada ishlab chiqilgan yangi «Flamingo» raketasi 1150 kg yuk ko‘tara oladi va 3000 km masofani bosib o‘tadi. Hozirda ishlab chiqarish sur’ati kuniga atigi 1 dona. Oktyabrdan ishlab chiqarish kuniga 7 tagacha oshirilishi rejalashtirilmoqda. Bu yiliga 2500 ta raketa degani.
Oslo universiteti muhandisi Fabian Hoffmanga ko‘ra, «Flamingo»ning vazni va yuqori tezligi tufayli u nishonga chuqurroq kirib borib, katta zarar yetkaza oladi. Uning radiusi va hajmi hozirgi ukrain dronlari va raketalaridan ancha yuqori.
Avstriyalik harbiy tahlilchi Gustav Gresselning fikricha, raketa samaradorligi Kiyev razvedka ma’lumotlari qanchalik aniq ekaniga bog‘liq. Uning ta’kidlashicha, «Flamingo»ning ta’siri Taurusdan kuchliroq, chunki u manyovrlilikda yutqazsa-da, masofa va zarbdor kuch bo‘yicha ustunlikka ega.
Berlin va Kiyev qo‘shma raketa ishlab chiqarish rejasini e’lon qilgan bo‘lsa-da, Germaniya hukumati «Flamingo»ni moliyalashtirgani yoki yo‘qligi borasida ma’lumot bermagan.





