add

Ukrainada halok bo‘lgan 108 ming rossiyalikning nomiga aniqlik kiritildi

16.05.2025 | 16:2248973

BBC rus xizmati va «Mediazona» jurnalistlari volontyorlar yordamida Ukrainada halok bo‘lgan 108 mingdan ortiq rossiyalik harbiylarning shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.

Ukrainada halok bo‘lgan 108 ming rossiyalikning nomiga  aniqlik kiritildi
Ta’kidlanishicha, halok bo‘lganlar orasida 5 mingdan ziyod ofitser bor. Ular qatorida 10 general, yuzlab polkovnik va podpolkovniklar mavjud. Urush boshlanishida ofitserlar umumiy yo‘qotishlarning 20 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2025 yilga kelib bu ko‘rsatkich 2–3 foizgacha tushib ketdi. Bu o‘zgarish Rossiya armiyasida taktik yondashuvlar almashgani va asosiy yo‘qotishlar ko‘ngillilar hisobiga to‘ldirilayotgani bilan izohlanadi. Ko‘ngilli askarlar asosan safdor sifatida xizmat qiladi va ofitserlarga nisbatan ko‘proq halok bo‘lmoqda. Tahlillarga ko‘ra, Rossiya armiyasi komandirlar yo‘qotishini tezda to‘ldirayotgan bo‘lsa-da, yangidan tayinlanganlar yetarli malakaga ega emas. Shu bois hukumat zaxiradagi, avval Afg‘oniston, Checheniston va Suriyada xizmat qilgan ofitserlarni chaqirish orqali komandirlik vazifalarini to‘ldirmoqda. Bu tajriba bir vaqtning o‘zida harbiy o‘quv yurtlaridagi yosh kadrlarni tayyorlashga imkoniyat qoldiradi. Jurnalistlar e’lon qilgan grafiklardan ma’lum bo‘lishicha, urushdagi eng yuqori yo‘qotishlar 2022 yil boshlari va Baxmut uchun janglar vaqtida kuzatilgan. 2024 yil mobaynida ham frontdagi faol janglar kamaymagan. Bu har ikkita tomon armiyasi yo‘qotishlarining hanuz yuqori sur’atda ekanini ta’minlamoqda.  

Teglar

Mavzuga oid