Ulug‘bek Rustamov: “Pul endi maqsad bo‘lmay qoldi” — Click CEO’sining Z avlod haqidagi 7 ta fikri
Click bosh direktori Ulug‘bek Rustamov mutaxassislarning yangi avlodi va fintex bozorining o‘zgarishi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. U nima uchun tajriba innovatsiyalarga to‘sqinlik qilishi mumkinligini va zamonaviy iste’dodlarni faqat pul bilan ushlab qolish mumkin emasligini tushuntirib berdi.

Bugun ilk ishini qidirayotgan talaba bilan 15 yil avval Click’ni ishga tushirgan jamoaning qanday o‘xshash jihatlari bor?
Click bosh direktori Ulug‘bek Rustamovning fikricha, bu o‘xshashliklar ko‘pchilik o‘ylagandan ancha ko‘p.
Click Young Wave loyihasi doirasida kompaniya rahbari Click elchisi bilan suhbat qurib, karera, yoshlar, pul va texnologiyalar kelajagi haqidagi qarashlari bilan o‘rtoqlashdi. Suhbatdagi eng qiziqarli fikrlarni jamladik.
Katta kompaniyalarni ko‘pincha yoshlar yaratadi
Click tashkil etilgan paytda uning asoschilari yigirma yoshdan endigina oshgan edi.
“Banklarni biz bilan ishlashga ishontirish uchun qariyb bir yil vaqt ketgan. Ko‘pchilik na g‘oyaga, na bir guruh yoshlar bozorni o‘zgartira olishiga ishongan”, — dedi Ulug‘bek Rustamov.
Bugun kompaniya 15 yilligini nishonlamoqda. Jamoada esa Click bilan birga o‘sib, shakllangan mutaxassislar faoliyat yuritmoqda.
Pul endi maqsad bo‘lmay qoldi
Ulug‘bek Rustamovning fikricha, bugungi yoshlar pulga avvalgi avlodlardan boshqacha qaraydi.
Ilgari pul yig‘ish asosiy maqsad bo‘lgan bo‘lsa, bugun u maqsadlarga erishish vositasiga aylangan.
“Yoshlar uchun pul endi maqsad emas. Bu shunchaki resurs. Xuddi vaqt yoki energiya kabi”, — bo‘lishdi Ulug‘bek.
CEO’ning ta’kidlashicha, aynan shu o‘zgarish foydalanuvchilarning kutishlarini shakllantirmoqda va kelajakdagi raqamli mahsulotlar qanday bo‘lishini belgilab bermoqda.
Muammoni tezroq hal qilgan yutadi
So‘nggi 15 yil ichida fintex sohasidagi raqobat tubdan o‘zgardi.
Avvallari raqamli servislar banklardagi navbatlar bilan raqobatlashgan bo‘lsa, bugun kurash soniyalar uchun ketmoqda.
“Agar raqobatchingizda vazifa uch soniyada bajarilsa, sizda esa besh soniyada — siz yutqazdingiz. Agar foydalanuvchi ikki marta bosish o‘rniga olti marta bosishga majbur bo‘lsa — siz yutqazdingiz. Agar boshqa servisning interfeysi siznikidan tushunarliroq bo‘lsa — siz yutqazdingiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Bugungi raqobat tezlik, qulaylik, ishonchlilik va foydalanuvchi tajribasi atrofida qurilgan.
Click shunchaki to‘lov kompaniyasi emas, balki lifestyle platforma
Suhbatdagi eng qiziqarli mavzulardan biri Click’ning o‘zi qanday o‘zgarayotgani haqida bo‘ldi.
“Insonning maqsadi sug‘urta kompaniyasiga pul o‘tkazish yoki aviabilet uchun to‘lov qilish emas. Uning maqsadi sug‘urta yoki chipta sotib olish”, — deydi Rustamov.
Rustamovning aytishicha, zamonaviy foydalanuvchi vazifasini imkoni qadar tez va qulay hal qilishni xohlaydi. To‘lov esa bu jarayonda deyarli sezilmasligi kerak.
Shu sababli Click bugun oddiy to‘lov servisi emas, balki foydalanuvchiga tayyor yechimlarni taqdim etadigan ekotizim sifatida rivojlanmoqda.
Tajriba ham ustunlik, ham to‘siq bo‘lishi mumkin
Suhbatdagi eng esda qolarli o‘xshatishlardan biri tajribani ryukzak bilan taqqoslash bo‘ldi.
“Yoshlar xato qilishdan qo‘rqmaydi, yosh ulg‘aygani sari esa odamlar xato qilishdan ko‘proq cho‘chiy boshlaydi. Yoshlar ko‘proq oldinga qaraydi. Agar biz dunyoni o‘zgartirmoqchi va yangi mahsulotlar yaratmoqchi bo‘lsak, ortga kamroq qarashimiz kerak. Haqiqatan ham yangi va qiziqarli narsalarni yaratish uchun xatodan qo‘rqmaslik kerak — sinab ko‘rish, harakat qilish va qilish kerak”, — ta’kidladi u.
CEO’ning fikricha, tajriba insonni asraydi va barqarorlik beradi. Ammo ba’zan aynan shu tajriba yangi imkoniyatlarni ko‘rishga xalaqit qilishi ham mumkin.
“Yoshlar ko‘proq oldinga qaraydi. Agar biz dunyoni o‘zgartirmoqchi va yangi mahsulotlar yaratmoqchi bo‘lsak, ortga kamroq qarashimiz kerak”, — qo‘shimcha qildi Ulug‘bek.
Yoshlarni nazorat qilish emas, eshitish kerak
Ulug‘bek Rustamov kelajak kompaniyalari yangi avlodni tushuna olgani uchun muvaffaqiyatga erishadi, deb hisoblaydi.
“Agar 15 yil oldin kimdir bizni eshitmaganida, Click umuman paydo bo‘lmasligi ham mumkin edi”, — dedi Ulug‘bek Rustamov.
Shu sababli kompaniyada ko‘plab mahsulot yo‘nalishlari yosh mutaxassislarga ishonib topshiriladi. Chunki ular kelajak foydalanuvchilarining ehtiyojlarini yaxshiroq tushunadi.
Kompaniya rahbarining fikricha, boshqaruvchining vazifasi tayyor qarorlarni aytish emas, balki yangi g‘oyalar eshitilishi uchun sharoit yaratishdir.
Iste’dodni faqat maosh bilan ushlab bo‘lmaydi
Mehnat bozori shunchalik o‘zgarddiki, maosh endi ish tanlashdagi yagona omil emas.
“Har doim ko‘proq narsa taklif qiladigan kompaniya topiladi. Shu bois biznesning vazifasi xodimni ushlab turish emas, balki u o‘sishi va natijaga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan muhitni yaratishdir”, — deya ta’kidlaydi Ulug‘bek Rustamov.
Rustamovning fikricha, iqtidorli mutaxassislar nafaqat ish beruvchini, balki vazifalar miqyosi, jamoa va millionlab insonlar foydalanadigan mahsulotlarni yaratish imkoniyatini ham tanlaydi.
“Bizga yangi qarashlarga ega yangi odamlar kelib turgan ekan, biz hamisha yosh bo‘lib qolamiz. Aynan ular oldinga harakat qilishimizga yordam beradi”, — qo‘shimcha qildi Ulug‘bek.
Suhbat Click Young Wave elchilar dasturi doirasida yozib olingan. Ushbu loyiha orqali kompaniya talabalar hamjamiyati bilan muloqot qiladi va yosh mutaxassislarni fintex sohasi bilan yaqindan tanishtiradi.
Loyihada faol talabalar va yoshlar hamjamiyatlari yetakchilari ishtirok etdi. Ular kompaniyaga yangi avlodning kutishlarini yaxshiroq tushunishga yordam berish bilan birga, kontent yaratish, ommaviy chiqishlar va mahsulot marketingi bo‘yicha o‘z ko‘nikmalarini rivojlantirdi.
Dastur davomida elchilar oliy ta’lim muassasalarida 13 ta tadbir o‘tkazdi hamda kompaniya rahbariyati, jumladan Click CEO’si Ulug‘bek Rustamov bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Instagram: @clickuz
Telegram: t.me/click_uz
LinkedIn: linkedin.com/click-uzbekistan
Reklama huquqlari asosida.