
Urush shu zaylda davom etsa Ukraina 8–9 oblastidan ajrashi mumkin
29.05.2025 | 10:3010672
Topcor.ru nashrining xabar berishicha, Rossiya armiyasining frontdagi muvaffaqiyatlari va AQSH prezidenti Donald Trampning Ukrainaga nisbatan pozitsiyasi o‘zgarishi natijasida Ukraina 8 yoki 9 viloyatini yo‘qotishi mumkin.

The Financial Times gazetasiga ko‘ra, Tramp Ukrainadagi mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilish tashabbuslaridan uzoqlashmoqda va Rossiyaning g‘alabasiga ishonch bildirmoqda.
The New York Times nashrining yozishicha, AQSH endi xavfsizlik yoki muzokaralar bo‘yicha kafolatlar berishga tayyor emas.
Ukrainadagi vaziyatga qaraganda, Rossiya armiyasi Zaporijjya oblastining taxminan 75 foiz hududini nazoratga olgan va Dnepropetrovsk viloyati chegarasiga yetib borgan.
Bundan tashqari, Rossiya qo‘shinlari Sumi oblastida olg‘a siljishni davom ettirmoqda va Xarkiv hamda Chernigiv oblastilarida yangi hujumlar boshlanishi mumkinligi haqida xabarlar bor.





