add

Uta Abe Diyora Keldiyorovadan «qasos» olmoqchi

16.06.2025 | 19:2022992

Taniqli yapon dzyudochisi Uta Abe, jahon chempionligini qo‘lga kiritgandan so‘ng, uni Parij-2024 Olimpiadasida mag‘lub etgan Diyora Keldiyorovaga murojaat qildi. Ammo revansh yaqinda bo‘lmasligi mumkin.

Uta Abe Diyora Keldiyorovadan «qasos» olmoqchi

Yaponiya dzyudosi yulduzi Uta Abe Vengriyada o‘tgan jahon chempionatida beshinchi marta chempionlikni qo‘lga kiritdi. G‘alabadan so‘ng u o‘zining asosiy raqiblaridan biri, o‘zbekistonlik Diyora Keldiyorovani eslab o‘tdi.

Jurnalistlar bilan suhbatda Uta Abe: «Olimpiada o‘tganiga ham ancha bo‘ldi, men bu musobaqa medalini qo‘lga kiritishni juda ham xohlagandim. Keldiyorova bu yerda bo‘lmaganidan hafsalam pir bo‘ldi. Umid qilamanki, u qaytadi, shunda men undan revansh olaman», - dedi.

Biroq, Abe orzu qilgan revansh yaqinda amalga oshmaydi. Sababi, Diyora Keldiyorova ayni paytda sportdan vaqtincha tanaffus olgan. U 2025 yilda ona bo‘lishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid