add

UzAuto Motors Malibu-2 modelini qayta sotuvga chiqardi va u 42 daqiqada tugadi

UzAuto Motors kompaniyasi o‘z vaqtida to‘lanmagan shartnomalar asosida Chevrolet Malibu-2 avtomobillarini qaytadan sotuvga chiqardi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy UzAutoSavdo platformasida ma’lum qilindi.

UzAuto Motors Malibu-2 modelini qayta sotuvga chiqardi va u 42 daqiqada tugadi
Kuzatuvchilar ta’kidlashicha, bu qaror Malibu-2 avtomobilini xarid qilish istagida bo‘lgan mijozlar orasida yanada qiziqish uyg‘otdi. UzAuto Motors matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, avvalgi sotuv kampaniyalari davomida to‘lovi amalga oshirilmagan shartnomalarga kiritilgan Chevrolet Malibu XL mashinalari yana platforma orqali kontrakt uchun taqdim etildi. Eslatib o‘tamiz, joriy yil aprelida kompaniya Malibu, Traverse va Tahoe modellari savdosini vaqtincha to‘xtatgan edi. Shunda, UzAuto Motors barcha mashinalar kontraktatsiya qilinganini bildirib, tez orada sotuvni qayta boshlashini va’da qilgandi. 29 may kuni esa kompaniya Chevrolet Malibu XL avtomobillarini kontraktga chiqarganini e’lon qildi. Ammo talab shunchalik yuqori bo‘ldiki, barcha mashinalarga 42 daqiqada shartnoma tuzilib, sotuv yakunlangani haqida xabar berildi. Bu jarayondagi aniq raqamlar esa «korporativ sir» sifatida oshkor etilmadi. Shu oraliqda, UzAuto Motors UzAutoSavdo platformasining yangilangan versiyasini ham ishga tushirdi. Yangi sayt interfeysi turli qurilmalarga moslashtirilgan, ro‘yxatdan o‘tish osonlashtirilgan va onlayn to‘lov imkoniyati yaratilgan.

Teglar

Mavzuga oid