add

Uztelecom, Ucell, Beeline va Mobiuz: qay biri ko‘proq soliq to‘lagan?

Bugun 19:301 daqiqa

2025 yilda mobil operatorlar va boshqa xizmat ko‘rsatish korxonalari tomonidan to‘langan soliqlar, tovar aylanmasi va ularga berilgan imtiyozlar miqdori ma’lum qilindi.

Uztelecom, Ucell, Beeline va Mobiuz: qay biri ko‘proq soliq to‘lagan?

2025 yil yanvar–noyabr oylarida xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 161 573 ta yuridik shaxs tomonidan 37,4 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bu davr mobaynida ushbu davr mobaynida xizmat ko‘rsatish korxonalarining tovar aylanmasi 394 trln 475,7 mlrd so‘mni tashkil etgan. Shu jumladan, ularga jami 31,4 trln so‘mlik soliq imtiyozlari berilgan.

Shuningdek, 11 oy davomida to‘langan soliqlarning 6,7 trln so‘mdan ortig‘i, ya’ni 17,8 foizi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ushbu korxonalarning jami tovar aylanmasi 82,2 trln so‘mni, foydalangan soliq imtiyozlari miqdori esa 7,1 trln so‘mni tashkil etgan.

Jumladan, yanvar–noyabr oylarida xizmat ko‘rsatish bozorida katta miqdorda soliq to‘lagan mobil operatorlar quyidagilar bo‘ldi:

«O‘ZBEKTELEKOM» AJ (Uztelecom) – 1 trln 118,3 mlrd so‘m;

«UNITEL» MCHJ XK (Beeline) – 457,6 mlrd so‘m;

«COSCOM» MCHJ (Ucell) – 286,5 mlrd so‘m;

«Universal Mobile Systems» MCHJ (Mobiuz) – 190,5 mlrd so‘m.

soliq

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yil noyabr oyi holatida O‘zbekistonda mobil aloqa xizmatlari narxlari qariyb 10 foizga qimmatlashgani haqida xabar bergandik.

Bundan tashqari, Raqobat qo‘mitasi mobil aloqa operatorlari tomonidan xizmatlar narxlarining oshirilishi yuzasidan maxsus o‘rganish boshlaganini ma’lum qilgan edi. Qo‘mita 2025 yil noyabr oyi boshida mobil operatorlarga rasmiy so‘rovlar yuborib, tariflarni qimmatlashtirishning iqtisodiy asosliligini tahlil qilishni maqsad qilgandi.

Teglar

Mavzuga oid