add

Venesuela muxolifat vakillarini qamoqdan ozod qildi

Kecha 13:552 daqiqa

Venesuela muxolifati vakillari orasida tanilgan siyosatchi Xuan Pablo Guanipa hamda inson huquqlari himoyachisi Rosio San-Migel ozodlikka chiqarilgan.

Venesuela muxolifat vakillarini qamoqdan ozod qildi

Venesuela hukumati 8-yanvar kuni mahalliy va xorijlik bir guruh mahbuslarni, jumladan, taniqli muxolifat vakillarini qamoqdan ozod qildi. Bu haqda mahalliy OAV va rasmiy manbalar xabar berdi. Ozod etilganlar orasida siyosiy faollar va inson huquqlari himoyachilari ham borligi aytilmoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozircha qamoqdan chiqarilgan shaxslarning aniq soni va to‘liq ro‘yxati e’lon qilinmagan. Shu bilan birga, Ispaniya Tashqi ishlar vazirligi ozod etilganlar orasida besh nafar ispaniyalik fuqaro borligini tasdiqladi. Shuningdek, Venesuela muxolifatchi siyosatchisi Xuan Pablo Guanipa hamda inson huquqlari himoyachisi Rosio San-Migel erkinlikka chiqarilgani ma’lum qilindi.

OAV xabarlariga ko‘ra, muxolifatchi siyosatchi Edmundo Gonsalesning kuyovi Rafael Tudares ham ozod etilishi mumkin. Muxolifat va xalqaro kuzatuvchilar Gonsalesni so‘nggi prezidentlik saylovlarida amalda hozirgi davlat rahbarini mag‘lub etgan deb hisoblaydi.

AQSH ma’muriyati bu qarorni ijobiy baholadi. Oq uyning xalqaro masalalar bo‘yicha matbuot kotibi Anna Kellining ta’kidlashicha, siyosiy mahbuslarni ozod etish Venesuela rahbariyatining xalqaro munosabatlarda yumshoqroq yo‘l tanlayotganidan dalolat beradi.

Inson huquqlari tashkilotlari ma’lumotiga ko‘ra, Venesuelada 800 ga yaqin siyosiy mahbus qamoqda qolmoqda. Foro Penal qayd etishicha, ularning aksariyati 2024 yilda Nikolas Maduroning qayta saylanishiga qarshi namoyishlar paytida hibsga olingan. Xalqaro tashkilotlar mamlakatda inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni keskin tanqid qilib kelmoqda.

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori va Venesuyela muxolifati yetakchisi Mariya Korina Machado siyosiy mahbuslarning ozod etilishini olqishladi.

Teglar

Mavzuga oid