add

Venesuela neft sektorini xususiy investorlar uchun ochdi

01.02.2026 | 14:252 daqiqa

AQSH Venesuela neft sanoatiga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi. AQSH Moliya vazirligi Karakasdagi hukumat va «PDVSA» davlat neft kompaniyasi bilan bitimlar tuzishga ruxsat berdi. Ruxsat neftni sotish, tashish va qayta ishlashga taalluqli.

Venesuela neft sektorini xususiy investorlar uchun ochdi

Venesuela parlamenti AQSH talablariga muvofiq neft sektorini xususiy investorlar uchun ochish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Venesuela prezidenti vazifasini bajaruvchi Delsi Rodriges 29-yanvar kuni islohotni «tarixiy sakrash» deb atadi.

Bungacha mamlakat neft sektorida faqat «PDVSA» davlat neft kompaniyasi bilan bog‘liq qo‘shma korxonalar faoliyat yurita olardi, bunda «PDVSA» har doim nazorat paketiga ega bo‘lib qolar edi.

Endilikda xususiy kompaniyalar «PDVSA» bilan qo‘shma korxona tuzishga hojat qolmasdan, mustaqil ravishda neft qazib olishi va sotishi mumkin. Neft qazib olish uchun yagona 15 foizlik badal va yalpi daromadning 30 foizigacha bo‘lgan eng yuqori litsenziya yig‘imi joriy etilmoqda. Soliq stavkalari aniq loyihaning rentabelligi va investitsiya hajmiga qarab belgilanadi.

Shu fonda AQSH Venesuela neft sanoatiga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi. AQSH Moliya vazirligi Karakasdagi hukumat va «PDVSA» davlat neft kompaniyasi bilan bitimlar o‘tkazish uchun umumiy ruxsatnoma berdi. Ruxsat Venesuela neftini sotish, tashish va qayta ishlashni qamrab oladi.

Venesuela neftini AQSH nazorati ostida sotish

Venesuela nefti sotuvining qayta tiklanishi AQSHning harbiy operatsiyasidan so‘ng amalga oshdi – yanvar oyi boshida ushbu operatsiya davomida Venesuelaning sobiq rahbari Nikolas Maduro qo‘lga olingan edi.

Amerika nazorati ostida eksport qayta boshlanganidan so‘ng, manbalarga ko‘ra, «PDVSA» davlat kompaniyasi neft qazib olish hajmlarini oshira boshlagan.

AQSH Karakas bilan tuzilgan yangi kelishuv doirasida Venesuela neftini sotishni allaqachon boshlagan. Ilk bitimlardan tushgan taxminan 500 million dollarlik daromad AQSH ma’muriyati nazoratidagi bank hisoblariga joylashtirilmoqda. Kelishuvning umumiy hajmi 2 milliard dollarga baholanmoqda, asosiy hisob esa hisob-kitoblar uchun neytral maydon sifatida Qatarda ochilgan.

Eslatib o‘tamiz, Venesuelaning vaqtincha prezidenti Delsi Rodriges 25-yanvar kuni Vashington buyruqlaridan «yetarli darajada to‘yganini» aytgandi.

Teglar

Mavzuga oid