add

Viloyatlik haydovchilar Toshkentda ham taksichilik qilishi mumkin

Transport vaziri Ilhom Mahkamov viloyat haydovchilari uchun Toshkentda taksichilik qilish taqiqlanmaganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat qarori noto‘g‘ri talqin qilingan va bu bo‘yicha tez orada aniq tushuntirish beriladi.

Viloyatlik haydovchilar Toshkentda ham taksichilik qilishi mumkin
2 aprelda qabul qilingan hukumat qaroriga tayangan holda litsenziyalovchi idoralar tomonidan ayrim haydovchilarga shaharlararo faoliyatda cheklov qo‘yilgan edi. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda norozilikka sabab bo‘ldi. Mahkamov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda mazkur qaror mas’ullar tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinganini ta’kidladi. Vazirlik matbuot xizmati ham bu boradagi tushunmovchilik uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi. Ular qaror mazmunini o‘z vaqtida to‘g‘ri izohlay olmaganini tan oldi. Hozirda mazkur qaror asosida qaysi tartiblar amal qilishi, qaysi holatlarda litsenziya berilmasligi haqida batafsil axborot tayyorlanmoqda. Yaqin kunlarda vazirlik qarorning aniq shartlarini ommaga rasman tushuntirishni rejalashtirgan.  

Teglar

Mavzuga oid