add

Vladimir Putin uchuvchilarda katta qo‘rquv uyg‘otmoqda

19.06.2025 | 10:0030723

Sankt-Peterburg osmonida elektron urush uskunalari tufayli samolyotlar xavfsizligi jiddiy tahdid ostida qoldi. Urush sharoitida qo‘llanilayotgan radioelektron to‘siqlar uchuvchilarni yondosh samolyotlar bilan to‘qnashish xavfiga duch keltirmoqda.

Vladimir Putin uchuvchilarda katta qo‘rquv uyg‘otmoqda
Rossiya hukumati Ukraina tomonidan yuborilayotgan dronlar xavfini cheklash maqsadida elektron urush texnologiyalaridan keng foydalanmoqda. Ammo bu himoya choralari mamlakat aviatsiya tizimida turli muammolarni keltirib chiqarmoqda. Uchuvchilar ommaviy ravishda to‘qnashuvlarga qarshi avtomatik ogohlantirish tizimlari ishdan chiqib, uchish xavfli bo‘lib borayotganini ma’lum qilmoqda. Ayniqsa, bu holat Sankt-Peterburg shahrida jiddiy ko‘rinish olgan. Prezident Vladimir Putin ishtirokida o‘tadigan xalqaro iqtisodiy forum arafasida xavfsizlik choralari keskin kuchaytirilgan. Minglab mahalliy va xorijiy mehmonlar qatnashadigan tadbir munosabati bilan havo hududida GPS to‘sish kabi texnika vositalari joriy qilingan. So‘nggi olti kun ichida Pulkovo aeroportiga kelayotgan va uchayotgan uchuvchilar tomonidan 160 dan ziyod rasmiy shikoyat kelib tushgan. Xabarlarga ko‘ra, Putinning ishtirokini talab qiluvchi tadbirlarda himoya blokirovkalari yanada kuchaytiriladi. Bu esa havoda aniqlash mumkin bo‘lmagan «noma’lum ob’ektlar»ni paydo qilish orqali uchuvchilarning navigatsiyasiga xalaqit berayotgani qayd etilgan. Oqibatda, ekipaj a’zolari shoshilinch ravishda yo‘nalish yoki balandlikni o‘zgartirishga majbur bo‘layotgani ta’kidlanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Vladimir Putin uchuvchilarda katta qo‘rquv uyg‘otmoqda | Vaqt.uz