add

Vodiydagi gaz zapravkalarga ikki kun gaz berilmaydi

04.09.2025 | 10:0011233

Farg‘ona vodiysidagi gaz quvurini tarmoqqa ulash ishlari tufayli 5–6 sentyabr avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) hamda yirik iste’molchilarning gaz ta’minotiga vaqtincha cheklov kiritiladi.

Vodiydagi gaz zapravkalarga ikki kun gaz berilmaydi
Energetika vazirligi ma’lum qilishicha, Farg‘ona vodiysi iste’molchilarini tabiiy gaz bilan ta’minlaydigan Ohangaron–Pung‘on magistral gaz quvurining tog‘li hududdan o‘tuvchi qismida qariyb 22 kilometrlik qo‘shimcha quvur qurilishi yakuniga yetkazildi. Mazkur quvurning ishga tushirilishi vodiydagi aholi va ishlab chiqarish ob’ektlarining tabiiy gaz ta’minoti barqarorligini oshirishga qaratilgan. Shu bilan birga, yangi quvurni mavjud tarmoqqa ulash bo‘yicha montaj ishlarini bajarish zarurati tug‘ildi. Shu munosabat bilan 2025 yil 5 sentyabr kuni soat 12:00 dan boshlab 36 soat davomida Ohangaron–Pung‘on quvuri orqali gaz uzatish vaqtincha to‘xtatiladi. Mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda, ta’mirlash ishlari olib borilayotgan vaqtda Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari hamda yirik iste’molchilarning gaz ta’minoti cheklanadi. Shuni hisobga olgan holda, benzin yoqilg‘isining sotuvga chiqarish hajmi oshirilishi ko‘zda tutilgan. Energetika vazirligi kelib chiqishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘rab, qurilish-montaj ishlari davomida aholini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash uchun zarur choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.

Teglar

Mavzuga oid