
Volkswagen zavodi o‘zbekistonliklarni ishga taklif qilmoqda
Tanlovga 40 yoshgacha bo‘lgan, ishlab chiqarishda tajribasi bor va rus tilini muloqot darajasida biladigan erkaklar qatnashishi mumkin.

Slovakiyadagi Volkswagen zavodi avtomobil yig‘ish va bo‘yash kabi yo‘nalishlarda ishlash uchun o‘zbekistonlik mashinasozlarni ishga taklif qilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.
Ish joylari avtomobil yig‘ish, bo‘yash, dvigatel va shassilar yig‘ish kabi yo‘nalishlarda bo‘lib, tanlovga 40 yoshgacha bo‘lgan, ishlab chiqarishda tajribasi bor va rus tilini muloqot darajasida biladigan shaxslar jalb etiladi.
Dastlabki ikki oyda ish haqi $1274, keyingi oylardan esa $1514 (qo‘lga tegishi) bo‘ladi. Ish jadvali 3 smenada, haftada 5 kundan iborat. Tanlovda ishtirok etuvchilarga 3 oylik sinov muddati va oylikning 26 foizigacha bonuslar beriladi.
Turar joy ish beruvchi tomonidan ta’minlanadi, va uning uchun oylik maoshdan $334 ushlab qolinadi. Shuningdek, aeroportdan ish joyigacha transfer, ovqat, tibbiy va ijtimoiy sug‘urta, maxsus kiyimlar ta’minlanadi. Oila bilan birlashish imkoni ham mavjud.
Ish joyi manzili: Jana Jonasa 1, 841 07 Bratislava.





