
WEF rahbari Epshteyn bilan aloqalar yuzasidan tekshirilmoqda
Jahon iqtisodiy forumi rahbariyati bosh direktori va Norvegiyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Byorge Brende va Epshteyn aloqalari yuzasidan forum nufuziga ta’sir qiluvchi ehtimoliy xavflarni aniqlash maqsadida mustaqil tergov boshladi.

Jahon iqtisodiy forumi bosh ijrochi direktori Byorge Brendeni jinoyatchi sifatida tanilgan moliyachi Jeffri Epshteyn bilan aloqalari yuzasidan mustaqil tekshiruvdan o‘tkazishga qaror qildi. Bu qaror forumning Boshqaruv kengashi tashabbusi bilan qabul qilingan, deya xabar bermoqda Reuters.
Tekshiruvga AQSH Adliya vazirligi tomonidan oshkor qilingan ma’lumotlar sabab bo‘lgan. Unga ko‘ra, Brende Epshteyn bilan 2018–2019 yillarda uch marta ish bo‘yicha kechki ovqatlarda uchrashgan, shuningdek, elektron pochta va qisqa xabarlar orqali muloqot qilgan.
Forum ma’lum qilishicha, Audit va xavf-xatarlar qo‘mitasi ushbu aloqalarni o‘rganib chiqish va tashkilot obro‘siga ta’sirini baholash uchun mustaqil huquqiy maslahatchilarni jalb etgan. Tekshiruv forumning shaffoflik va ishonch tamoyillariga sodiqligini ta’minlashga qaratilgan.
2017 yildan buyon WEF rahbari bo‘lib kelayotgan, Norvegiyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Byorge Brende tergovni to‘liq qo‘llab-quvvatlayotganini bildirdi. U tekshiruvni aynan o‘zi so‘raganini ta’kidladi.
Brendening aytishicha, u Epshteyn bilan ilk bor Nyu-Yorkda o‘tgan kechki ovqatda uchrashgan va u paytda moliyachining jinoiy o‘tmishi haqida xabardor bo‘lmagan. Keyinchalik o‘tgan uchrashuvlar ham diplomatlar va ishbilarmonlar ishtirokida tashkil etilgan.
Byorge Brende Epshteynning o‘tmishi haqida bilganida, barcha takliflarni rad etgan bo‘lar edim, den aytgan. WEF ma’lumotiga ko‘ra, mustaqil tekshiruv yakunlangunga qadar Brende o‘z lavozimida qoladi.





