add

«WhatsApp» da sun’iy intellekt asosida yangi funksiya joriy etildi

26.06.2025 | 17:4050212

«WhatsApp» chatlardagi o‘qilmagan xabarlarni sun’iy intellekt yordamida qisqacha umumlashtirib berish imkonini yaratadigan yangi funksiyani sinovdan o‘tkazmoqda.

«WhatsApp» da sun’iy intellekt asosida yangi funksiya joriy etildi
«Xabarlar xulosasi» deb nomlangan ushbu funksiya foydalanuvchilarga o‘qilmagan xabarlar ustiga bosish orqali ularning mazmunini qisqacha ko‘rish imkonini beradi. Meta AI texnologiyasi asosida ishlaydigan ushbu funksiya orqali xabarlar tez va maxfiy tarzda umumlashtiriladi. Meta, «WhatsApp» yoki uchinchi tomonlar ushbu xabarlarga kirolmaydi, shuningdek, suhbatdoshlar ham xulosa matnini ko‘ra olmaydi. Yangi imkoniyat sukut bo‘yicha o‘chirilgan holda bo‘ladi. Uni faollashtirish uchun «Kengaytirilgan chatlar maxfiyligi» bo‘limi orqali sozlamalarni o‘zgartirish talab etiladi. Funksiya hozircha faqat AQSHdagi foydalanuvchilar uchun ishga tushirilgan bo‘lib, faqat ingliz tilida ishlaydi. «WhatsApp» 2025 yil oxirigacha bu xizmatni boshqa tillar va mintaqalarga ham kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Teglar

Mavzuga oid