add

Xalqaro brend mahsulotlarini import qiluvchilar uchun talablar yengillashtirildi

11.08.2025 | 17:1528392

Brend mahsulotlarini olib kiruvchilar reyestri uchun bozordagi faoliyat muddati 5 yildan 3 yilga tushirildi.

Xalqaro brend mahsulotlarini import qiluvchilar uchun talablar yengillashtirildi
Xalqaro brendlar tovarlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibiga o‘zgartishlar kiritildi. Yangi talablarga ko‘ra, importchi reyestrga kirishi uchun brendning ichki bozorda kamida 3 yil mavjudligini tasdiqlashi yetarli bo‘ladi. Ilgari bu muddat 5 yil etib belgilangan edi. Shuningdek, qonunchilik normalarini o‘zaro muvofiqlashtirish maqsadida mamlakatlar nomi o‘rniga mintaqalar atamasi joriy etildi. Masalan, Yaponiya va BAA kabi davlatlar ro‘yxatdan chiqarilib, ular o‘rniga «Yaqin Sharq» va «Sharqiy Osiyo» kabi mintaqalar kiritildi. Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 1 yanvardan boshlab, O‘zbekistonga xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari bilan tuzilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida olib kirishda import bojxona bojining pasaytirilgan stavkalari qo‘llanib kelinmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Xalqaro brend mahsulotlarini import qiluvchilar uchun talablar yengillashtirildi | Vaqt.uz