add

Xarkovda yo‘lovchi poyezdiga dron zarbasi berildi

Bugun 10:152 daqiqa

Rossiya Xarkov viloyatida yo‘lovchi poyezdiga dronlar bilan zarba berishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi.

Xarkovda yo‘lovchi poyezdiga dron zarbasi berildi

Xarkov viloyatida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdiga Rossiya qo‘shinlari tomonidan dronlar bilan zarba berildi. Hujum oqibatida kamida besh kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Xarkov viloyati prokuraturasi rasman ma’lum qildi.

Tergav ma’lumotlariga ko‘ra, zarba berishda Eronda ishlab chiqarilgan «Shahed» turidagi uchta dron qo‘llangan. Ulardan ikkitasi poyezd yaqiniga, uchinchisi esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri vagon ichiga kelib urilgan. Natijada vagon va elektrovozda kuchli yong‘in chiqqan.

Vafot etganlar bor

Halok bo‘lgan besh kishining jasad qoldiqlari topilgan. Prokuratura ma’lum qilishicha, qurbonlarning shaxsini aniqlash faqat DNK ekspertizasi o‘tkazilgandan so‘ng mumkin bo‘ladi. Hodisa Barvinkovo hududiy jamoasiga qarashli Yazikovoye qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan.

Zarbaga uchragan poyezd Chop–Xarkov–Barvinkovo yo‘nalishida harakatlanayotgan bo‘lgan. Xarkov viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov poyezd Barvinkovo jamoasi hududida nishonga olinganini tasdiqladi. «RBK-Ukraina» xabariga ko‘ra, hujum vaqtida poyezdda 291 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning ma’lum qilishicha, zarba berilgan vagonda 18 nafar odam bo‘lgan. Ayrim yo‘lovchilar hanuz qutqaruvchilar tomonidan qidirilmoqda. Prezident ushbu hujumni terrorchilik akti deb atab, tinch aholiga qarshi zo‘ravonlikni hech qanday holatda oqlab bo‘lmasligini ta’kidlagan.

Poyezdda harbiylar ham bo‘lgan

Ukrainada zarbaga uchragan poyezdda harbiylar ham, tinch aholi vakillari ham bo‘lgan. Yo‘l davomida poyezd to‘xtagan va aynan shundan so‘ng u dron hujumiga uchragan. Bu haqda Hromadske nashriga poyezd yo‘lovchilari orasida bo‘lgan harbiylardan biri ma’lum qilgan.

«Eshitgan suhbatlarimdan kelib chiqib aytsam, bu hujum oldindan rejalashtirilgandek tuyuladi. Poyezd nima uchundir Язй­кове bekatiga yetib bormasdan to‘xtadi. Aynan shu paytda «Shahed» droni harakat tarkibining o‘rtasiga kelib urildi», degan harbiy.

Teglar

Mavzuga oid