add

Xitoy Nvidia’ga qarshi to‘liq tergov boshladi

Xitoy Nvidia’ni 2020 yildagi $6,9 mlrdlik Mellanox Technologies sotib olish jarayonida antimonopol qonunchilikni buzganlikda ayblab, to‘liq tergov boshlanganini ma’lum qildi.

Xitoy Nvidia’ga qarshi to‘liq tergov boshladi
Dastlabki tekshiruvda kompaniya bitim shartlarini buzib, raqobatni cheklash va mahsulot mosligini ta’minlash bo‘yicha talablarga rioya etmagani aniqlangan. Tergov natijasida Nvidia ko‘p millionli jarimalarga va Xitoydagi faoliyatiga yangi cheklovlarga duch kelishi mumkin. Bu haqda Xitoy bozorni tartibga solish davlat boshqarmasi (SAMR) xabar berdi. Nvidia kompaniyasi hozircha rasmiy izoh bermagan. Xabar fonida Nvidia aksiyalari dunyo bozori premarketida taxminan 2 foizga pasaydi. Bu voqea AQSH va Xitoy o‘rtasidagi savdo va texnologiya nizolari yanada kuchayib borayotgan bir paytda ro‘y berdi. 2025 yilning yozida ham Pekin Nvidia’dan X20 tezlatkichlari bo‘yicha tushuntirish talab qilgan edi. Xitoy regulyatorlari bu mahsulotda jiddiy xavfsizlik muammolari borligini bildirgan. X20 modellari AQSHning 2023 yilgi eksport cheklovlaridan so‘ng Xitoy bozori uchun maxsus ishlab chiqilgan edi. Nvidia uchun Xitoy juda muhim yo‘nalish hisoblanadi. O‘tgan moliya yilida kompaniya bu yerdagi sotuvlardan $17 mlrd daromad olgan, bu uning global tushumida 13 foizni tashkil qiladi. Endi esa kompaniya AQSHning eksport cheklovlari va Xitoy regulyatorlarining bosimi orasida qolmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Xitoy Nvidia’ga qarshi to‘liq tergov boshladi | Vaqt.uz