add

Xitoy O‘zbekistonga «eski» deb rasmiylashtirilgan yangi mashinalar yetkazib bermoqda

Xitoy yangi avtomobillarni rasmiy «ishlatilgan» deb qayd etib, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarga eksport qilmoqda. Bu amaliyot orqali xitoylik ishlab chiqaruvchilar ichki bozorda sotilmagan mashinalardan xalos bo‘lmoqda.

Xitoy O‘zbekistonga «eski» deb rasmiylashtirilgan yangi mashinalar yetkazib bermoqda
Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilari yangi, lekin rasmiy hujjatlarda «eski» sifatida ko‘rsatiladigan mashinalarni O‘zbekiston, Rossiya, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq kabi bozorlarga faol eksport qilmoqda. Reuters nashri yozishicha, bu amaliyot Xitoyda «nol masofalik» avtomobili deb nomlanadigan maxsus sxema orqali amalga oshirilmoqda. Mazkur amaliyotga ko‘ra, avtomobillar zavoddan chiqqach, ichki bozorda sotilgan deb qayd etiladi va hech qachon minilmagan bo‘lsa-da, rasmiy hujjatlarda ishlatilgan avtomobil sifatida chet elga yuboriladi. Bu mexanizm Xitoyda ichki bozorda sotish qiyin bo‘lgan mashinalardan qutulish va eksportni sun’iy oshirish imkonini beradi. bugungi kunda bu amaliyot Xitoyning Great Wall Motor kompaniyasi rahbarlari va davlat nashrlari tomonidan tanqid qilinmoqda. People's Daily gazetasi bu holat ichki bozorda narxlar urushini keskinlashtirish va soxta ishlatilgan mashinalar orqali narxlarni sun’iy tushirishda aybladi. Shu bilan birga, mahalliy hukumatlar bu amaliyotni qo‘llab-quvvatlamoqda. Chunki bu orqali savdo ko‘rsatkichlari tez o‘sadi va bu natijalar ortidan qo‘shimcha sarmoya va subsidiyalar jalb qilinishi mumkin. Agar bu maqsadlarga erishilmasa, mahalliy amaldorlar ishdan olinishi ehtimoli yuqori. Bu sxema 2019 yildan boshlab, Xitoy eski avtomobillarni eksport qilishga ruxsat berganidan keyin keng yo‘lga qo‘yildi. 2023 yilda Xitoy dunyodagi eng yirik yangi avtomobil eksportchisiga aylandi va 2024 yilda 6,41 million avtomobil eksport qilgan. Ulardan taxminan 6 foizi aynan «nol masofalik» avtomobillardir. Sanoat mutaxassislariga ko‘ra, eksport qilinayotgan ushbu avtomobillarning katta qismi benzinli modellar bo‘lsa-da, ular orasida davlat subsidiyasi orqali ishlab chiqarilgan elektr avtomobillari ham bor.

Teglar

Mavzuga oid

Xitoy O‘zbekistonga «eski» deb rasmiylashtirilgan yangi mashinalar yetkazib bermoqda | Vaqt.uz