add

Xitoy Rossiya harbiy sanoatiga yordam berayotganlikda ayblanmoqda

27.05.2025 | 08:308804

Ukraina razvedkasi Xitoyni Rossiyaga harbiy texnologiyalar, kimyoviy moddalar va komponentlar yetkazib bermoqda, deb ayblamoqda. Xitoydan kelayotgan yordamlardan kamida 20 ta rus harbiy korxonasi foyda ko‘rayotgani ma’lum qilindi.

Xitoy Rossiya harbiy sanoatiga yordam berayotganlikda ayblanmoqda
Bu haqda Ukraina Tashqi razvedka xizmati rahbari Oleg Ivashchenkoning Ukeinform nashriga ma’lum qilgan. Ivashchenkoga ko‘ra, Xitoy Rossiyaga harbiy maqsadlarda foydalaniladigan porox, maxsus kimyoviy moddalar, uskunalar va texnologik qurilmalarni tizimli ravishda yetkazib bermoqda. Ushbu jarayonda Rossiyadagi 20 ga yaqin harbiy sanoat korxonasi qatnashmoqda. Ivashchenkoga ko‘ra, 2024–2025 yillar davomida Xitoy va Rossiya o‘rtasida aviatsiya sohasida kamida beshta hamkorlik holati qayd etilgan. Jumladan, rus korxonalariga butlovchi va ehtiyot qismlar, uskunalar va texnik hujjatlar yuborilgan. Shuningdek, maxsus kimyoviy moddalar bilan bog‘liq olti holat ham aniqlangan. Rossiya dronlarida ishlatilayotgan muhim elektron tarkibiy qismlarning taxminan 80 foizi Xitoydan keltirilayotgani ta’kidlandi. Ba’zi holatlarda mahsulotlar uchinchi davlatlar orqali, yolg‘on nomlar, soxta hujjatlar orqali yetkazib berilayotgani aniqlangan. Bu bilan asl manbalarni yashirish maqsad qilingan. Bundan tashqari, Donetsk uchun bo‘lgan aprel oyidagi janglar paytida Ukraina tomoni Rossiya safiga qo‘shilgan ikki nafar Xitoy fuqarosini asir olgan. Oradan ko‘p o‘tmay, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya armiyasida jang qilayotgan xitoyliklar soni 155 nafarga yetganini ma’lum qildi. Ular haqida to‘liq ma’lumotlar – familiyasi, pasporti, yoshi va qaysi bo‘linmalarda xizmat qilayotgani haqidagi ma’lumotlar jamlangan. Asirga olingan ikki nafar xitoylik so‘roq paytida o‘z xohishi bilan rus armiyasiga qo‘shilganini, Xitoy hukumatining bu ishga aloqasi yo‘qligini ta’kidlagan. Biroq rasmiy Kiyev bu holatni jiddiy xavf sifatida baholamoqda.

Teglar

Mavzuga oid