add

Xitoyda 1,3 km masofadan matnni o‘qiydigan lazer yaratildi

28.05.2025 | 18:2031223

Xitoylik olimlar 1,36 kilometr uzoqlikdan 3 millimetrli matnni aniq o‘qiydigan yangi lazer tizimini ishlab chiqdi. Bu texnologiya an’anaviy teleskoplarga nisbatan 14 barobar yuqori aniqlikni ta’minlaydi.

Xitoyda 1,3 km masofadan matnni o‘qiydigan lazer yaratildi
«The Sun» nashri yozishicha, ushbu lazer faol intensivlik interferometriyasiga asoslangan bo‘lib, u nurlar yuzaga urilib aks etishini va ularning intensivlikdagi o‘zgarishlarini tahlil qiladi. Bu esa atmosfera ta’sirini kamaytiradi va masofaviy o‘lchovlarni aniqlashni osonlashtiradi. Tizim 4x4 mikrolinzali to‘r orqali ishlaydi va optik diametrni 17,2 mm dan 68,8 mm gacha kengaytiradi. Bu esa ko‘rish maydonini sezilarli oshiradi. Shuningdek, 10 GGs dan yuqori chastotada signal yuboradigan lazer moduli va maxsus algoritmlar yordamida optik shovqin 10 000 barobargacha kamaytiriladi. Yangi lazer texnologiyasi quyidagi sohalarda qo‘llanilishi mumkin: * arxeologiya: qadimiy yozuvlarni masofadan o‘qish * yovvoyi tabiatni kuzatish: hayvonlarni uzoqdan monitoring qilish * xavfsizlik: aniq masofaviy kuzatuv tizimlarini joriy etish Biroq, lazer tizimi faqat to‘g‘ri ko‘rish chizig‘ida joylashgan ob’ektlargina aniqlana oladi. Shu sababli, u yashirin kuzatuv uchun mos emas. Texnologiya yuqori aniqlikka ega bo‘lsa-da, murakkab tuzilishi tufayli maxsus mutaxassislar va texnik qo‘llab-quvvatlashni talab etadi.

Teglar

Mavzuga oid